Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Vulverhempton - Liverpul
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘zPFL Ijroqo‘mi “Istiqlol” klubining Pro ligadan chiqib ketishini tasdiqladi

O‘zPFL Ijroqo‘mi “Istiqlol” klubining Pro ligadan chiqib ketishini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Shu yilning 12 aprel kuni Farg‘onaning “Istiqlol” klubi Pro ligani davom ettirmaslik yuzasidan rasmiy murojaat bilan chiqqandi. O‘zPFL klubning ishtirokchilar safidan chiqishi masalasini tashkilot Ijroqo‘mga kiritdi hamda “Istiqlol”ning musobaqadan chiqib ketishi rasman tasdiqlandi.

“2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 8.9-bandiga asosan “Istiqlol” futbol klubining 2021 yilgi mavsumda qayd etgan natijalari bekor qilindi. O‘sha uchrashuvda ishlab olingan sariq va qizil kartochkalar esa o‘z kuchida qoldi. Endilikda Pro liganing har bir turida “Istiqlol”ga qarshi to‘p surishi kerak bo‘lgan jamoa shu tur doirasida dam oladi.

“Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament”ning 14.2-bandiga asosan “Istiqlol” futbolchilariga boshqa klublar bilan shartnoma imzolash huquqi taqdim etiladi. O‘zPFL yangi tuzilgan shartnomalarni yozgi transfer oynasi ochilgunga qadar ham ro‘yxatdan o‘tkazadi. Qayd etish kerak, yozgi transfer O‘zbekistonda 5 iyul kuni rasman ochiladi va 31 iyulga qadar davom etadi.

“Istiqlol” futbol klubining endilikdagi sobiq futbolchilari o‘zlari shartnoma imzolagan yangi klublari safida qachondan boshlab maydonga tushishlari masalasi 19 aprel kungi alohida yig‘ilishda ko‘rib chiqiladi. Mazkur yig‘ilish O‘FA, O‘zPFL, Futbolchilar uyushmasi hamda Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita vakillari ishtirokida tashkil etiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:25, 17.04.2021.
O'qildi: 3063 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.