Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Viktor Jalilov: “Bunday o‘yinlarda oson g‘alaba bo‘lmaydi”

Viktor Jalilov: “Bunday o‘yinlarda oson g‘alaba bo‘lmaydi”

Baho:
+ | -

Coca Cola O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi “Zomin” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “lochinlar” bosh murabbiyi Viktor Jalilov qatnashib, o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Kubok o‘yinlari har doim oson kechmaydi, buni boshqa guruhlardagi uchrashuvlarda qayd etilayotgan hisoblar ham ko‘rsatib turibdi. Quyi liga jamoalari Superliga klublarini mag‘lubiyatga uchratishmoqda. Bugun “Zomin” ham Birinchi liga ishtirokchisi bo‘lishiga qaramay, bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Umuman, bunday o‘yinlarda oson g‘alaba qo‘lga kiritilmaydi, ayniqsa, bellashuv safarda kechadigan bo‘lsa, mahalliy muxlislar o‘z futbolchilarini qo‘llab-quvvatlab turishadi. Zominda yaxshi stadion bor ekanligini alohida ta’kidlamoqchiman, bu yerga anchadan buyon kelmagandim, oxirgi marta Jizzaxdagi stadionda rekonstruksiya ishlari bajarilayotganda “Paxtakor” bilan birga tashrif buyurgandim. Albatta, ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rish yoqimli, tribunalar, maydon,  kiyinish xonalari yaxshi ekan. Superliga darajasiga mos tusharkan. Taassurotlar ijobiy.

Jamoamiz o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsam, hujum chizig‘ida sustkashlik kuzatilmoqda. Yetarlicha imkoniyatlar yaratilmoqda, ammo futbolchilar ulardan foydalanishda oqsashmoqda. Har doim ham o‘ylaganlarimizni amalga oshirishga imkon bo‘lavermaydi. Asosiysi, futbolchilarda kuchli xohish bor, vaziyatni to‘g‘ri tushunib turishibdi. Hech bir o‘yin oson kechmaydi. Vaqt o‘tgani sari hujumlardan unumli foydalanish foizini ham oshirib boramiz, - dedi Viktor Jalilov.

- Birinchi liga vakili hisoblangan “Zomin” jamoasining o‘yini, uslubi, futbolchilar darajasi haqida nima deya olasiz?

- Bugungi hisobning o‘zi maydon egalarining bizga qanday qarshilik ko‘rsatishganini namoyon etib turibdi. Hisobda ortda borayotganlariga qaramay, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi, gol urishni uddalashdi, qator vaziyatlar yaratishdi. “Zomin” joriy yilgi chempionatda hali ochko yo‘qotmadi. Ikkita g‘alaba bilan yetakchilar safida borayotgani – bu tasodif emas, albatta. Shunday ekan, bu jamoada Pro ligaga chiqish uchun yetarlicha salohiyat bor. Texnikasi va saviyasi yuqori bo‘lgan futbolchilar bor. Bugungi uchrashuvda “Navbahor” futbolchilar darajasi, o‘yinni tashkil etish bobida raqibdan ustun bo‘ldi.

- Davronbek Hoshimovning birinchi bo‘limdayoq almashtirilishi nima bilan bog‘liq?

- Uning kichik jarohati bor. Mushaklarida og‘riq sezgani uchun tavakkal qilishni istamadik, shu bois, majburiy o‘zgarishga qo‘l urdik. Umuman, bu holatni avvaldan inobatga olgandik, rejaga muvofiq, Abbosjon G‘ulomovni maydonga tushirdik va u hujumning kuchayishiga ham sababchi bo‘ldi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:44, 26.04.2021.
O'qildi: 1754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.