Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Zidan zo‘r futbolchimi yoki zo‘r murabbiy?

Zidan zo‘r futbolchimi yoki zo‘r murabbiy?

Baho:
+ | -

Zinedin Zidan 2006 yilgi Jahon chempionatining finalida Italiyaga qarshi o‘yinining yettinchi daqiqasida penaltini amalga oshirganida, dunyodagi millionlab muxlislar e’tiborda bo‘lgan.Ammo u har qanday bosimga tayyor edi: xotirjamlik bilan to‘pga yugurib borib, Panenka uslubida zarba berdi va gol urdi.Bu daqiqalar haqida odatda hech kim gapirmaydi,garchi o‘sha vaziyat Zidan qanday shaxs bo‘lganligini to‘liq ifodalaydi.Buning o‘rniga, uning qo‘shimcha daqiqalarda Marko Materassiga qanday qilib boshi bilan zarba berganini hamma eslaydi. Boshqalar esa uning “Bayer” darvozasiga kiritgan 2002 yildagi golini eslashadi. Zidan unutilmaydi va uning qiyofasi xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi.


Futbolchi sifatida u afsona,lekin murabbiy sifatida u ... kim? Nega ko‘pchilik uning kostyumda maydon chekkasida yurishiga ko‘nikolmayapti .
Ushbu afsonani boshqalar singari yangi yutuqlarga erishishi mumkinligini tasavvur qilish nega qiyin. Biz buyuk bastakorni ko‘rdik, endi uning dirijyorlikdagi muvaffaqiyatini ko‘rish ajablanarlimi?

Aynan shu oyda Zidan o‘zining kuchli murabbiy maqomini yana bir bor tasdiqladi, Chempionlar Ligasida "Liverpul" ni mag‘lub etdi, so‘ngra "Barselona" ustidan klassikoda g‘alabani tantana qildi. Ushbu g‘alabalar hayratlanarli, ammo bunday bo‘lishi kerak emas. U shunchaki kerakli uchrashuvlarda g‘alaba qozondi. Shunga qaramay uni Yurgen Klopp, Gvardiola bilan bir qatorga qo‘ymadik.

Zidanni qanday murabbiy ekanligini baholash uchun "Real" keying murabbiyi kim bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Ispanlarga uzoq vaqt davomida yangi klub tarixini yaratadigan murabbiy kerak emas - bu Klopp yoki Gvardiolaning vazifalari. Prezident Florentina Peresga imkon qadar tezroq natijalarga erishadigan odam kerak.

Sobiq yarim himoyachining ish boshlagandan so‘ng birinchi qilgan ishi yangi jamoasi saviyasini baholash edi. U o‘z ishida Karlo Anchelotti tamoyillaridan foydalandi, u har doim taktika qanchalik yaxshi bo‘lmasin, futbolchilar bilan yaxshi munosabatsiz hech narsaga erishib bo‘lmasligini aytardi.Zidan o‘z futbolchilariga erkinlik berdi. U doim to‘pni oldinga uzatish kerakligini aytadi, chunki u Bernabeuda bitta zarbasiz mingta pas berish kerak emasligini tushunadi.

Muvaffaqiyatning kaliti uning futbolchilari bilan munosabati. Madrid futbolchilari murabbiy haqida faqatgina ijobiy gapirishadi va uning tarixda qilgan ishlari uning kiyim almashtirish xonasidagi mavqeini yanada oshiradi. «U men uchun muhim o‘yinchi ekanligimni va« Oltin to‘p »ni qo‘lga kiritishim mumkinligini aytdi. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagan paytimizda asosiy o‘yinchi bo‘lishimni xohlardi. Bu so‘zlar menga yanada yaxshiroq bo‘lishimga imkon berdi »- deydi Luka Modrich.

Zidan chempionlarni yaxshi boshqargan uning tarkibida Ispaniya va Germaniyadan jahon chempionlari hamda Krishtianu Ronaldular bor edi,shunga qaramay u juda xotirjam ishlardi.

Gvardiola va Zidan jamoalarini taqqoslaydigan bo‘lsak, kulgili gaplarni eshitishimiz mumkin. Kataloniyalik mutaxassisning "Barselona" sini o‘yin uslubi uchun millionlab muxlislar sevardi, “Real”ning esa u qadar jozibador taktik-sxemasi bo‘lmagan.Lekin ketma-ket uchta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqani uning zamonamizning eng buyuk murabbiylaridan biri ekanligidan dalolat beradi.

Chempionlar Ligasining asosiy jo‘zibasi unda raqiblarning kuchliligi.Hatto ser Aleks Fergyuson ham Angliya futboli tarixidagi eng buyuk murabbiy 27 yil ichida atigi ikki marta ligada g‘olib bo‘lgan. Gvardiola ham uni ikki marta yutgan, oxirgi marta 2011 yilda. "Bavariya" da u muvaffaqiyatsizlikka uchragan va 2021 yilda o‘z maqsadiga erishishi hali noma’lum.

Elita klublari yoshlarni tarbiyalash uchun sotib olishmaydi - ularga darhol o‘yin ko‘rsatadigan eng yaxshi futbolchilar kerak.Va Zidan eng mashhur yulduzlardan maksimal darajaga erishishga qodirligini isbotladi. Aslida, bizning vaqtimizda, Zidanning "qaymoqranglilar" bilan qilgan ishini takrorlashda kimdir muvaffaqiyatga erishishi ehtimoldan yiroq emas. Superliga tashkil etilsa, bu Yevropa musobaqalari tarixidagi bitta jamoaning eng katta g‘alabasi bo‘lib qoladi. 

Madridning "Real" klubi Ispaniyada chempionlik uchun kurashmoqda va Chempionlar ligasi yarim finalida "Chelsi" bilan to‘qnash keladi. "Barselona"ga qarshi o‘yinda omad kulib boqqan bo‘lsa-da, "Liverpul" ustidan g‘alabaga ko‘proq loyiq edi.

Birinchi uchrashuvda "Real" "qizillar" himoyasidagi barcha teshiklardan foydalandi. Futbolchilarning o‘zi sustlik haqida bilganliklarini va bundan foydalanishga tayyor ekanliklarini tan olishdi. Ammo ikkinchi uchrashuvda hammasi boshqacha edi - "qirollik klubi" himoyada o‘tirishdan va "Liverpul" ning hisobni ochishga urinishlarini tomosha qilishdan xursand edi. "Real" xotirjam edi va ularning yondashuvining o‘zgarishi Zidanning bu masalaga qanday yondashayotganini juda yaxshi aks ettiradi.
Ehtimol, u ajoyib futbolchi bo‘lmaganida, biz uning murabbiylik yutuqlarini ko‘proq qadrlagan bo‘lardik. Uning yarim finaldagi raqibi Tomas Tuxel ajoyib faoliyati bilan maqtana olmaydi, uning hamkasblari Diyego Simeone, Antonio Konte va Yurgen Klopp hujumkor futbolchi bo‘lishmagan.

Zidan futbolchilik davrida shunchalik yaxshi ediki, biz hali ham murabbiy va futbolchini farqlay olmaymiz. Ammo so‘nggi natijalar shuni aniq ko‘rsatmoqdaki, u kim bo‘lganiga emas, balki uning kimligiga e’tibor berish vaqti keldi. Agar ushbu mavsum oxirida "Real Madrid" o‘z mamlakatida yoki Yevropada chempion bo‘lsa, unda buning asosiy sababchisi kim ekanligi hammaga yana bir bor ma’lum bo‘ladi.

 

Ruslan Maksimov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:06, 29.04.2021.
O'qildi: 4044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.