Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Jasur Abduraimov: “Natijadan qoniqdim, o‘yinimizni esa hali topib olganimiz yo‘q”

Jasur Abduraimov: “Natijadan qoniqdim, o‘yinimizni esa hali topib olganimiz yo‘q”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh.bosqichi 3-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Qo‘qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugun ancha qiyin, og‘ir uchrashuvni o‘tkazdik. Shogirdlarimga rahmat aytaman. Kerakli natijani qo‘lga kiritdik. Yigitlar oxirigacha kurashishdi. Bundan tashqari bizga omad ham kulib boqdi. Biz hali o‘z o‘yinimizni to‘liq topib olganimiz yo‘q. Ammo ta’kidlab aytaman, o‘yinimiz asta sekin shakllanmoqda.

- Kubok o‘yinlaridan qoniqish hosil qildingizmi?

- Biz ayni paytda Kubok uchrashuvi bo‘ladimi yoki chempionat doirasidagi o‘yin, bu haqda o‘ylayotganimiz yo‘q. Har bitta o‘yinda maydonga faqat g‘alaba qozonish, muxlislarimizni xursand etish uchun chiqayapmiz.

- Superliganing navbatdagi turida "So‘g‘diyona" jamoasiga qarshi o‘ynaysizlar. Ulug‘bek Baqoyev jamoasidan nimalarni kutayapsiz?

- Ulug‘bek Baqoyev yaxshi bilaman, yaxshi saviyadagi murabbiy. Jamoasi ham xarakter ko‘rsatadigan kollektiv. "So‘g‘diyona" bilan o‘yin qiziqarli bo‘lishi aniq. Kimning yutishini esa maydon aniqlab beradi.

- Siz shakllantirayotgan "Metallurg"dan muxlislar keyingi turlarda nimalarni kutish mumkin?

- Bizda hamma futbolchilarim birdek, jipslashib harakat qilishayapti. Biz hali muxlislar kutayotgan chiroyli, mazmunli futbolni ko‘rsata olmadik. Ammo biz xoxlayotganimizni bir kunda amalga oshirib bo‘lmaydi. Buning uchun vaqt kerak. Uchrashuvlarda vaziyatlar yaratayapmiz. Lekin to‘liq ikki taym yuqori saviyada o‘yin namoyish etishimiz uchun ishlashda davom etishimiz lozim. Men bu jamoaga kelganimga endi bir oy bo‘ldi. Men nimani istayotganimni futbolchilar tushinib yetishdi. O‘z navbatida ularning menga, mening qo‘l ostimdagi futbolchilarga ko‘nikishimga ham vaqt kerak. Futbolda birinchi navbatda nitaja so‘raladi. Biz esa hozircha natijani ko‘rsatayapmiz.

- Nagayev bugun o‘yin qaydnomasida ham ko‘rinmadi?

- Unda jarohat bor edi. Shu sabab bugun uni maydonga tushirmadik.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:00, 30.04.2021.
O'qildi: 1663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.