Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Aleksandr Xomyakov: "Futbolchilarga ro‘za tutishni taqiqlamaymiz"

Aleksandr Xomyakov: "Futbolchilarga ro‘za tutishni taqiqlamaymiz"

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi 4-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Yangiyer" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.


O‘yin haqida

- Bugun oson g‘alabaga erishdik deb aytmagan bo‘lardim, qiyin o‘yin bo‘ldi. "Yangiyer" yomon jamoa emas ekan, ular bugun maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi. "Yangiyer" jamoasi ham bizga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Ha gol urdik, lekin bizga vaziyatlarni yakunlashda aniqlik yetishmayapti. Umumiy olganda bugun yomon o‘yin bo‘lmadi, aksincha tomoshabop futbol ko‘rdik.

- Jamoa safida ro‘zador futbolchilar bor edimi?

- Tushunishim bo‘yicha siz futbolchilarga ro‘za tutishni taqiqlaysizmi demoqchisiz. Yo‘q, biz hech kimga ro‘za tutishni man qilmaymiz. Ro‘zador futbolchiga maydonda oson bo‘lmaydi, lekin professional futbolchi har doim o‘z vazifasini to‘laqonli bajaraveradi.

- Kubok bahslaridagi 3 ta o‘yinda qaysi jamoa bilan o‘yin yodingizda qoldi?

- Barcha jamoalar bilan ham yaxshi o‘yinlar bo‘ldi. Kubok uchrashuvlarida murabbiylar ko‘proq rotasiyalarga urg‘u qaratishmoqda. Yodda qolgan o‘yin emasku, "Qo‘qon-1912" bilan bahsning birinchi bo‘limida futbolchilarimning harakatlaridan to‘liq qoniqish hosil qilgandim. Shuningdek "Metallurg"ga qarshi o‘yinimiz ham yomon bo‘lmagandi.

- Muborak tumani janubiy xudud hisoblanadi. Agar imkoni bo‘lsa o‘yinlarni kechki vaqtlarga qo‘yish taklifini bergan bo‘larmidingiz?

- Bu borada tashkilotchilar o‘ylab ko‘rishgani aniq. Chempionat doirasidagi o‘yinlarimiz kechki vaqtlarga qo‘yilsa kerak. Issiq ob-havoda futbol o‘ynash qiyinchilik tug‘diradi albatta. Muborakda 19:00 dan keyin futbol o‘ynash qulayroq bo‘lardi nazarimda.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 07:10, 30.04.2021.
O'qildi: 1708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик