Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Klopp Van Deyk haqida: «10-11 oyni o‘tkazib yuborib birdan katta turnirda futbol o‘ynab bo‘lmaydi»

Klopp Van Deyk haqida: «10-11 oyni o‘tkazib yuborib birdan katta turnirda futbol o‘ynab bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp yaqinlashib kelayotgan Yevropa Chempionatida himoyachi Virjil van Deykning mumkin bo‘lgan ishtiroki haqida gapirdi.

«Virjil tizzasidan jarohat olgan. Men uni ushlab turishni xohlamayman, lekin uni Yevropa chempionatida o‘ynashga majbur qilish ham mumkin emas. Shunchaki tan olaylik. Barchamiz ushbu sport turi bilan shug‘ullanganmiz.

Agar siz bunday musobaqada o‘ynashni istasangiz, avvalroq mashg‘ulotlarga kirishishingiz kerak. 10-11 oyni o‘tkazib yuborib, keyin bir hafta davomida mashq qilib, futbol o‘ynay olmaysiz. Bu mumkin emas. Virjilni hech kim ushlab turmaydi, lekin biz uni hech narsa qilishga majburlamaymiz.

Gap futbolchi va uning faoliyati haqida ketmoqda. U imkon qadar tezroq tiklanishga harakat qilmoqda. Endi uning qachon qaytishini aniq bilmaymiz, ammo yevro bilan bog‘liq vaziyat aniq. Har qanday holatda ham Van Deyk o‘z qarorini o‘zi qabul qiladi», - deydi germaniyalik mutaxassis.

Manba: Goal
Kiritildi: 15:50, 02.05.2021.
O'qildi: 3348 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик