Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Piter Xyuistra: "G‘alabaga haqli edik, ammo raqib posboni ajoyib o‘yin o‘tkazdi"

Piter Xyuistra: "G‘alabaga haqli edik, ammo raqib posboni ajoyib o‘yin o‘tkazdi"

Baho:
+ | -1

"Turon" bilan bahsdan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi o‘yin xususida fikrlarini bildirdi.

- "Turon"ga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytaman. Ular juda yaxshi stadion va maydonga ega. Shunday yangi jamoalari ko‘paygani ma’qul. Infratuzilmasiga katta e’tibor qaratayotgan klublarning ko‘payishi Superliga uchun foydali bo‘ladi. O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, birinchi bo‘limda tashabbus tomonimizda bo‘ldi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik va hakam tomonidan belgilangan penaltidan so‘ng hisobda oldinga chiqib oldik. Tanaffusdan so‘ng bo‘shashganimiz bois futbolchilar bir nechta xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Mana shu xatolar hisobning tenglashishiga olib keldi. Ushbu goldan so‘ng mezbonlar yanada qo‘shimcha kuch olib oldinga intilishdi. "Turon" bugun maydonning har bir qarichi uchun kurashganini aytib o‘tishim kerak. Darvozamizdan to‘p olib chiqqanimizga qaramay, keyingi daqiqalarda xotirjam o‘yinni nazorat qildik. Raqib darvozaboni ham yaxshi o‘yin namoyish qildi. G‘alabaga haqli edik.

Chempionlar Ligasida qisqa vaqtda oltita o‘yin o‘tkazganimiz jismoniy holatimizga ta’sir qildi, deb o‘ylamayman. Buni bahona sifatida keltirmoqchi emasman. Biz har doimgidek o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik. Bugun kim tayyor bo‘lsa, o‘sha futbolchilarni maydonga tushirdik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o‘yinni kuchaytirishdi. Bir necha yaqqol golli vaziyatlarimizda raqib posboni o‘zini ko‘rsatdi. Muxlislar tinmay qo‘llab-quvvatlab hakamga ham bosim o‘tkaza olishdi.

Mavsum boshida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondik. OCHL guruh bosqichida esa bitta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradik. Oxirgi yillardagi va bu mavsumdagi "Paxtakor" o‘rtasida farq bor. Tarkibni yetakchilar tark etishdi. Moliyaviy jihatdan oldingidek emasmiz. Shu bois ko‘proq yoshlar bilan ishlab, ularning darajasini ko‘tarishga harakat qilamiz. Bu menga yoqadi. "Paxtakor"da juda yaxshi akademiya bor. Ular Chempionlar Ligasida ham o‘zlarining sifatlarini ko‘rsata olishdi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:31, 07.05.2021.
O'qildi: 1914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.