Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

YECHL tarixidagi daxshatli derbi finallari

YECHL tarixidagi daxshatli derbi finallari

Baho:
+ | -

“Chelsi” va “Real Madrid” o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng (2:0), YECHL finali ikki Angliya klublari o‘rtasida o‘tadigan bo‘ldi. Bunga qadar yetti marotaba bir mamlakat klublari finalda to‘qnash kelgan.

“Real Madrid” 3:0 “Valensiya”

2000 yil 24 aprel UEFA Chempionlar Ligasi finali Fransiyada Sen-Denidagi “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tdi. YECHL g‘olibini aniqlash uchun finalda Ispaniyaning “Real” va “Valensiya” jamoalari kurash olib borishdi. Ushbu uchrashuv Chempionlar Ligasi yoki Yevropa ligasida birinchi marta bir mamlakatning ikkita klubi finalda to‘qnash kelgani bilan tarixda qoldi.

Uchrashuvda Fernando Moriyentes boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi va ajoyib Stiv Makmanaman voleysi “Real” ni 2: 0 hisobida oldinga olib chiqdi, shundan so‘ng, Raul uchinchi golni kiritib, jamoasining g‘alabasini ta’minlagan edi.

O‘shanda “Valensiya” bosh murabbiyi Ektor Kuper, “Real” bosh murabbiyi esa Visente del Boske edi. Ispaniyada “Deportivo” chempion bo‘lgan, “Valensiya” bronza medallariga ega chiqqan bo‘lsa, “Real” 5-o‘rin bilan kifoyalangan.

“Milan” 0:0 “Yuventus” (penaltilar seriyasida 3:2)

2003 yil 28 may kuni UEFA Chempionlar Ligasi finalida Italiyaning ikki jamoasi raqib bo‘lishdi: “Yuventus” va “Milan”. Uchrashuv manchester shahridagi “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tdi va tarixga kirdi, chunki finalda Italiyaning ikkita klubi birinchi marta o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Bundan tashqari, bu uch yil oldin UEFA Chempionlar Ligasi finalidan keyingi ikkinchi milliy final bo‘ldi. O‘yin qo‘shimcha vaqti 0:0 hisobida tugaganidan so‘ng, “Milan” penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. Bu natija “Rossonerilar”ga Yevrokuboklardagi oltinchi muvaffaqiyatini taqdim etdi.

“Manchester Yunayted” 1:1 “Chelsi” (penaltilar serisida 6:5)

2008 yil 21 may kuni bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar Ligasi finalida “Manchester Yunayted” va “Chelsi” o‘zaro raqib bo‘lishdi va bu musobaqa tarixidagi birinchi Angliya klublari finaliga aylandi. Bu bitta mamlakatning ikkita klubi finalga uchinchi bor chiqishi edi.

Ushbu o‘yin Rossiya poytaxti Moskva shahridagi “Lujniki” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan va shu sababli turnir tarixidagi eng sharqiy final bo‘ldi.

Uchrashuv 1: 1 hisobida yakunlangach, “Manchester Yunayted” penaltilar seriyasida 6:5 hisobida ustun keldi.

26-daqiqada UYEss Braunning uzatmasidan so‘ng Krishtianu Ronaldu boshi bilan “Chelsi” darvozasini ishg‘ol qildi, ammo tanaffusga oz vaqt qolganida Frenk Lempard hisobni tenglashtirdi. “Chelsi” futbolchisi Didye Drogba o‘yin so‘ngida Nemanya Vidichga tarsaki tushirgani uchun maydondan chetlatildi.

Penaltilar seriyasida Ronaldu “Manchester Yunayted” ning uchinchi zarbasini yo‘llagan, biroq Petr Chex vaziyatni bartaraf etgan. Vaziyat Jon Terriga “Chelsi” uchun chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatini berdi, faqat u sirg‘alib darvoza ustunini nishongi oldi. Keyin Edvin van der Sar Nikolya Anelkaning zarbasini qaytarib qoldi va “Manchester Yunayted” uchinchi yevrokubok unvonini qo‘lga kiritdi

“Bavariya” 2:1 “Borussiya”

O‘yin 2013 yil 25-may, shanba kuni Angliyaning London shahridagi “UYEmbli” stadionida Germaniya Bundesligasi jamoalari “Borussiya Dortmund” va “Bavariya” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Germaniya chempionlar ligasining birinchi finalida “Bavariya” Mario Mandjukich va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Aryen Robbenning gollari bilan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dortmundliklar safidagi yagona golni Ilkay Gyundogan penaltidan Noyer darvozasiga kiritgan edi.

“Real Madrid” 4:1 “Atletiko Madrid” (q.v)

2014 yil 24 may, shanba kuni Portugaliyaning Lissabon shahridagi “Estadio da Luj” stadionida Ispaniyaning “Real Madrid” va “Atletiko Madrid” jamoalari o‘rtasida YECHLning final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bunga qadar, aynan bir shaharning ikki klubi musobaqa finalida ishtirok etmagandi. “Real Madrid” qo‘shimcha vaqtdan keyin 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

“Real Madrid” 1:1 “Atletiko Madrid” (penaltilar seriyasida 5:3)

 

Bu o‘yin Italiyaning Milan shahridagi San-Siro stadionida 2016 yil 28 mayda Madridning “Real” va “Atletiko” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi, 2014 finalining takrori. Musobaqa tarixida ikkinchi marotaba bir shahar vakillari finalda to‘qnash keldi. Serxio Ramosning goliga Yannik Karrasko javob bergan va uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar yetib borgan.

“Real Madrid” penaltilar seriyasida 5:3 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqadagi 11-unvonini qo‘lga kiritib, o‘z rekordini yangiladi

“Liverpul” 2:0 “Tottenxem”

2019 yil 1 iyun kuni Madrid shahridagi “Vanda Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tgan YECHL final uchrashuvida Angliya jamoalari “Liverpul” va debyut finalchi “Tottenxem” o‘zaro tuqnash keldi. 2013 yildan beri kamida bitta Ispaniya jamoasi ishtirok etmagan, shuningdek, Chempionlar Ligasining video assistent referi (VAR) tizimidan foydalanilgan birinchi finali bo‘ldi.

“Manchester Siti” – “Chelsi”

O‘yin Istanbuldagi “Otaturk Olimpiya stadioni”da 2021 yil 29 mayda bo‘lib o‘tadi. Aslida Istanbul shahri 2020 yilgi finalga mezbonlik qilishi kerak edi. Pandemiya sababli joriy mavsumga qoldirilgan edi.

“Manchester Siti” va “Chelsi” Angliya kubogi yarim finalida o‘zaro to‘qnash kelishdi va unda “Aristokratlar” Hakim Ziyeshning goli evaziga “Shaharliklar”ni mag‘lub etdi.

APL doirasida Birinchi davrada “Siti” 3:1 hisobida ustun kelgan. 8 may kuni chempionlik o‘yini bo‘lib o‘tadi. Manchesterliklar g‘alaba qozonishsa, chempionlik masalasini hal etishadi.

Tayyor turing: Ispan va nemis futboli to‘qnashuvi Angliya jamoalari talqinida.

Kiritildi: 23:38, 07.05.2021.
O'qildi: 7191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.