Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Ibragimovichga yordam kerak,"Milan"esa harakatga tushgan

Ibragimovichga yordam kerak,"Milan"esa harakatga tushgan

Baho:
+ | -

"Milan" mavsumning birinchi yarmida juda yaxshi o‘ynadi va uzoq vaqt davomida A Seriya turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turdi, ammo "rossonerilar" ning uzoq masofalarga kuchi yetmasligi ko‘rinib qoldi. Birinchidan, "qizil-qoralar" Yevropa Ligasini 1/8 final bosqichida tark etishdi va endi ular milliy chempionatda kuchli to‘rtlikdan chiqib ketish xavfi bor.

"Milan" ning pasayishiga bir nechta sabablar sabab bo‘lishi mumkin, ulardan biri jarohatlar. Bu jihat ayniqsa "rossonerilar" ning hujum chizig‘iga ta’sir ko‘rsatdi. Zlatan Ibragimovich yoshi sababli tez-tez jarohat oldi, Rafael Leao hanuzgacha beqaror, Mario Mandjukichning transferi esa muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi. Hujumni kuchaytirish– "qizil-qoralar" ning kelgusi mavsumdagi asosiy vazifalaridan biri. Keling, Milan klubini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan hujumchilarni batafsil ko‘rib chiqamiz.

Andrea Belotti

"Torino" sardori Italiyada eng ko‘p muhokama qilinadigan futbolchilardan. Belotti yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti. Katta ehtimol bilan, Turin klubi futbolchni bir oy ichida transferga qo‘yadi. 'Milan" A Seriyada katta tajribaga ega bo‘lgan 27 yoshli hujumchidan,albatta, foyda ko‘radi va "rossonerilar"ning o‘zlari ham Italiya OAVlarida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra futbolchi sotib olishga qiziqishmoqda. Biroq, “qizil-qoralar“ Belotti uchun jiddiy kurashga duch kelishadi. Hujumchiga “Yuventus“, “Inter“, “Napoli“, “Lion“, “Atletiko“, “Tottenxem“, “Manchester Yunayted“ va “Chelsi“ ham qiziqmoqda. So‘nggi paytlarda “Roma“ ham Joze Mourinyoning iltimosiga ko‘ra unga ko‘z tikkan. Belotti, ehtimol “Milan“ uchun ideal variant bo‘lar edi, ammo ko‘p narsa klub imkoniyatlari va futbolchining xohishiga bog‘liq bo‘ladi.

Janluka Skamakka

“Rossonerilar“ Vlahovich yoki Belottini jamoaga olib kelolmagan taqdirda ushbu futbolchi variantini ko‘rib chiqishmoqchi. “Sassuolo“ o‘z futbolchisini yoqtirmaydi, uni doimiy ravishda ijarada yurishgamajbur qiladi. Hozirda 22 yoshli hujumchi “Jenoa“ da o‘ynaydi, u A Seriyaning 24 uchrashuvida 7 gol urgan. “Qizil-qoralar“ Skamakka uchun pul topishlari mumkin va futbolchi uchun kurashda raqobatchilar kam. Ammo italiyalik “Milan“ uchun xavfli variant bo‘lib qolishi mumkin. U Vlaxovich kabi samarali emas va, albatta, hali ham jiddiy muammolarni hal qilishga qodir emas. Umuman olganda, Skamakka kelajakda “rossoneri“ uchun yaxshi variant bo‘ladi, ammo milanliklar zudlik bilan Ibragimovichga yordam beradigan forvardga muhtoj.

Odson Eduard

 

Ko‘plab klublar, shu qatorda “Milan“ e’tiborini tortgan yana bir yosh hujumchi. Eduard ketma-ket uchinchi mavsumda jamoada kamida 15 ta gol urib kelyapti. Albatta, Shotlandiyada, ayniqsa “Seltik“ bilan gol urish, Italiyada to‘p surish bilan bir xil narsa emas. Ammo 23 yoshli hujumchining ko‘rsatkichi yaxshi. Fransiyalik futbolchiga “Vest Xem“ va “Arsenal“ ham qiziqmoqda. Shotlandiya Premyer-ligasida o‘ynagan odam, ehtimol A Seriyadan ko‘ra Premyer-ligaga ko‘proq qiziqishi mumkin, ammo “Milan“da hali ham futbolchi olish uchun yaxshi imkoniyat bor. Eduard dunyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri bilan o‘ynashi mumkin, undan yoshlar ko‘p narsalarni o‘rganishlari kerak. Bunday imkoniyat hammada ham mavjud emas.

Luka Yovich

Milanliklar “Real“da yaxshi o‘ynamayotgan Yovichni uzoq vaqt kuzatib yurdi. Natijada serb ijara asosida “Ayntraxt“ ga ko‘chib o‘tdi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, nemislar 23 yoshli hujumchini sotib olish niyatlari yo‘q, uni «qaymoqranglilar» ga qaytarishni rejalashtirishgan. Ammo Ispaniya poytaxtida ham Yovichni hech kim kutib turgani yo‘q. Bu “rossonerilar“ uchun juda ko‘p o‘ylangan transferni amalga oshirish imkoniyatidir. Bitim ikkala tomonga ham mos kelishi mumkin. Serb uchun “Real“ dan “Milan“ ga o‘tish orqaga qadam emas, balki so‘nggi yillarda o‘zi uchun rivojlanmagan karyerasini saqlab qolish uchun imkoniyat bo‘ladi. “Rossoneri“ uzoq vaqtdan beri izlayotgan yosh va kuchli hujumchini qo‘lga kiritgan bo‘lardi. “Qirollik klubi“ ning talabi bu masalada hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zingiz bilasiz “qaymoqranglilar“ futbolchilarini arzonga sotishmaydi.

Olivye Jiru

Agar “Milan“ Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, tarkibni kuchaytirishga sarflanishi mumkin bo‘lgan pulning ma’lum miqdorni yo‘qotishi mumkin. Yosh va istiqbolli hujumchilar yuqori baholanadi, shuning uchun “qizil-qoralar“ tajribali erkin agentlarga qarashlari kerak bo‘lishi mumkin. Ushbu ro‘yxatda bir nechta yaxshi variantlar mavjud, ulardan biri–Jiru. “Rossoneri“ birinchi navbatda Mandjukich varianti ishlamagani uchun yosh hujumchi izlashga kirishdi.

Jiru ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish istagini bildirgan,lekin bugungi “Chelsi“da buni deyarli imkoni yo‘q.Italiya klublari bir necha yildan buyon futbolchiga katta qiziqish bildirishmoqda. 34 yoshli hujumchi g‘ayratli, shuning uchun u A Seriyada yaxshi mavsumlarni o‘tkazishi mumkin. Nega “Milan“ uning uchun kurashib ko‘rmasligi kerak.Ammo ko‘p narsa “rossonerilar“ ning Chempionlar Ligasiga yo‘l olishiga bog‘liq.

Kiritildi: 00:45, 09.05.2021.
O'qildi: 5626 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.