Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

“Metallurg” – “Lokomotiv”: prevyu

“Metallurg” – “Lokomotiv”: prevyu

Baho:
+ | -

Uch karra O‘zbekiston chempioni, 3 karra O‘zbekiston kubogi hamda 2 karra Superkubok sohibi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bilan “Metallurg” kuchlilar safida bugunga qadar o‘zaro 34 ta o‘yin o‘tkazgan. Ulardan 5 tasida “Metallurg”ning qo‘li baland kelgan. 11 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. 18 ta bahsda temiryo‘lchilar zafar quchgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 30:57, toshkentliklar foydasiga.

O‘tgan mavsum “Metallurg” “Lokomotiv”ni poytaxtda 3:0 hisobida dog‘da qoldirib, o‘z maydonidagi uchrashuvda jangovor durangga imzo chekkandi – 2:2.

"Lokomotiv" haqida

O‘tgan mavsum “Lokomotiv” chempionatni 9-o‘rinda yakunladi. Uch marta mamlakat chempioni, to‘rt marta vise chempion, uch marta O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan jamoa uchun bu natija omadsizlik deb baholandi va bu yilgi mavsum arafasida klubga xorijlik mutaxassis olib kelindi.

Portugaliyalik murabbiyning Superliga bahslariga ko‘nikib olishi, futbolchilar bilan til topishib ketishi uchun ma’lum muddat vaqt kerak bo‘ldi. Ammo so‘nggi uchta turdan buyon “Lokomotiv”ning o‘yinida o‘sish kuzatilmoqda. Bu esa “Loko” muxlislarini xursand etmasdan qolmayapti.

Temiryo‘lchilar kuchlilar safida bugungacha 457 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, shulardan 230 tasida g‘alaba qozongan.  96 o‘yinda durangga imzo chekkan. 131 uchrashuvda esa imkoniyatni boy bergan. “Lokomotiv” raqiblari darvozasini 747 marta ishg‘ol etgan holda, o‘z darvozalaridan 520 ta to‘p olib chiqqan. Jamoaning milliy chempionatlarimizdagi eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 7:0 (2015 – “So‘g‘diyona”, 2017 – “Obod”). Eng yirik mag‘lubiyati – 0:7 (2020 – “Paxtakor”).

"Lokomotiv" - "Metallurg" jamoalari uchrashuviga jalb etilgan futbolchilari ro‘yxati:

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 10:14, 11.05.2021.
O'qildi: 1557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик