Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya
04/02 00:45 Bolonya - Milan

MOQ rahbari emlash jarayonidan so‘ng dzyudochilarimiz bilan uchrashdi

MOQ rahbari emlash jarayonidan so‘ng dzyudochilarimiz bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi delegasiyamiz a’zolarini koronavirusga qarshi emlash ishlari olib borilmoqda. Bugun reja bo‘yicha dzyudo bo‘yicha terma jamoamizning asosiy vakillari vaksinasiya qilindi.

Delegasiyamizning bayroqdor jamoalaridan birining emlanishi MOQ rahbariyati nigohida bo‘ldi. Jarayonni tashkilot raisi Rustam Shoabdurahmonov, Bosh kotib Oybek Kasimov va MOQ raisining o‘rinbosari Saken Polatov kuzatib borishdi.

Shundan so‘ng MOQ raisi jamoamiz a’zolari bilan ko‘rishdi. MOQ Majlislar zalida o‘tgan uchrashuvda Rustam Shoabdurahmonov sportchilarimiz bilan yaqindan gaplashdi va ulardan hol-ahvol so‘radi, yaqin rejalari bilan tanishdi.

Qayd etish joiz, dzyudochilarimizni oldinda Olimpiadadan avval iyun oyida Budapeshtda (Vengriya) o‘tadigan jahon chempionati kutib turibdi. Shundan so‘ng Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini yig‘ish davri yakunlanadi.

Hozirda erkaklar terma jamoamiz to‘liq tarkibda, ayollar jamoasida esa 2 nafar vakilimiz litsenzion hududda turibdi.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 23:25, 12.05.2021.
O'qildi: 1343 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.