Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Bahromjon Haydarov: “Surxon” 7-8-o‘rinlar uchun kurashadi”

Bahromjon Haydarov: “Surxon” 7-8-o‘rinlar uchun kurashadi”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Surxon” jamoasi murabbiyi Bahromjon Haydarov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- To‘g‘ri, bugun yutqazdik, lekin mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Ikki bo‘limda teng o‘yin bo‘ldi. To‘p nazoratini “Navbahor”ga berishni mo‘ljallagandik. Futbolda qaysi jamoa imkoniyatidan foydalansa, g‘alaba unga nasib etadi. Bizda ham vaziyatlar bo‘ldi. G‘alaba qozonishni xohlagandik. Qachonki, imkoniyatlardan foydalansak, shundagina natija bo‘ladi. “Navbahor” legionerlari individual mahoratlari evaziga gol urib, mezbonlarning g‘alabasiga munosib hissa qo‘shishdi.

Hamma ko‘rib turibdi, ikki turdan beri yigitlarning jismoniy holatlari va o‘yinlariga e’tiroz bo‘lmadi. Shunchaki, konsentrasiyani yo‘qotish tufayli imkoniyatni boy beryapmiz. Jamoa yomon o‘ynamayapti, futbolchilarga mahorat yetishmayapti. O‘yinni o‘ziga oladigan futbolchi topilmayapti. Bu borada ko‘p ishlayapmiz, lekin baribir, mahoratli o‘yinchi hech bo‘lmaganda, 4 ta imkoniyatdan bittasini golga aylantiradi. Tarkibimizda bunday salohiyatga ega futbolchi yo‘q demoqchimasman. Keyingi o‘yinlarda omad kelishiga ishonamiz.

Ko‘p jamoalarda moliyaviy qiyinchiliklar borligini ko‘ryapmiz. Natijada mahoratli futbolchilar xorijga yo‘l olishmoqda. “Nasaf”, “Bunyodkor” kabi jamoalar akademiya tarbiyalanuvchilari hisobiga tarkibni shakllantirib olishyapti. “Surxon”da esa mahoratli futbolchilar kamligi tufayli tarkib tuzish qiyin kechdi. Hozirgi jamoamiz ham yomon emas, Superligada o‘rtamiyonadan yuqoriroq saviyada ekanligi aniq. Tarkibni shakllantirish uchun vaqt kerak, lekin bunga vaqt ham yo‘q. Keyingi o‘yinlarda omadimiz kulib boqadi, degan umiddaman.

 Barcha jamoalarni o‘rganib chiqyapmiz. Murabbiy sifatida emas, “Surxon” jamoasiga tashqaridan baho bersam, jamoa o‘rta pog‘onalarni egallashiga ishonaman. Tarkibni kuchaytiramiz. Ishonchim komilki, mavsum o‘rtalarida 7-8-o‘rinlar uchun kurashamiz.

 “Surxon”ning tiklanganiga 4 yil bo‘ldi, ota-onalar farzandlarini endi shu jamoaga berishga intilishmoqda. Avvallari yosh iqtidorlar boshqa jamoaga ketib qolishardi. Endi bu jarayon boshqacha kechadi. Fursatdan foydalanib, barchani Ramazon hayiti bilan tabriklayman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:00, 13.05.2021.
O'qildi: 1787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.