Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Fransiyada inqilob qilayotgan turklar: Zeki Chelik

Fransiyada inqilob qilayotgan turklar: Zeki Chelik

Baho:
+ | -

37-tur o‘yinlaridan so‘ng Fransiya chempionatida “Lill”ning mavqeiga putur yetgandek, ammo hali ham barchasi jamoaning o‘ziga bog‘liq. So‘nggi turda o‘rtamiyona “Anje” mag‘lub etilsa, klub chempion bo‘ladi va PSJning gegemonligiga chek qo‘yadi. Ilgari men Burak Yilmaz va Yusuf Yazijining bu natijalardagi o‘rni haqida yozgandim. Endi navbat uchinchi turkiyalikka yetib keldi – Zeki Chelik.

1997 yil tavallud topgan turk 11 yoshida “Bursaspor” klubi yoshlar tarkibiga kelib qo‘shiladi. Bu yerda u Enes Unal, Ertug‘rul Ersoy, Kubilay Kanatsizkush kabi Turkiya futbolining yangi avlodi vakillari bilan mashg‘ulot olib boradi. 2015 yilga kelib esa Bursa shahri vakillari bilan ilk professional shartnomaga imzo chekadi.

Qanot himoyasida hujumlarga tez qo‘shiladigan futbolilar juda qadrlanadigan davrdamiz. Bunday himoyachilar hujumda har qancha faol bo‘lmasin o‘z pozisiyasida biroz oqsash kuzatiladi. Bunga misollar ko‘p. Zeki Chelik bu borada muvozanatli futbolchi. U ayni vaqtda o‘z qanoti bo‘ylab eng so‘ngi nuqtaga kam borsada, markazdan to‘pni olib o‘tib hujumga yo‘nalish berishda ancha foydali hisoblanadi. Bundan tashqari, u tipik qanot himoyachilaridan farqli ravishda jismonan baquvvat bo‘lib, o‘rni kelganda himoya markazida ham as qotishi mumkin.

2018 yil Fransiyaga ko‘chib o‘tgan Chelik asosiy tarkibdan darhol o‘rin topgani uchun ham keyinchalik “Lill” rahbarlari turk futbolchilariga jiddiy qaray boshladilar. Dastlab Yaziji, so‘ngra Yilmaz jamoa futbolchiga aylandi. Chelikni esa ayni dam bir qator APL jamoalari ko‘zlab yurishibdi. Ular orasida “Everton”ning niyatlar jiddiy, deb yozadi Fransiyaning ayrim futbolga ixtisoslashgan nashrlari. Bundan tashqari u bilan “Milan” ham qiziqayotgani haqida xabarlar mavjud.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Shenol Gunesh Chelikni juda qadrlaydi. U Turkiya terma jamoasi tarkibida ilk uchrashuvni 2018 yil Rossiyaga qarshi o‘yinda o‘tkazgan bo‘lsa, ilk golini 2019 yil O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida o‘z hisobiga yozib qo‘yadi.

Darvoqe, Chelik boshlanishiga bir oydan kam vaqt qolgan Yevropa chempionatida porlab chiqishi kutilmoqda. Bunisini endi birga ko‘ramiz!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 21:00, 18.05.2021.
O'qildi: 2448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.