Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Arsenal" Chempionshipda o‘ynagan futbolchiga qiziqish bildirmoqda

"Arsenal" Chempionshipda o‘ynagan futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Arsenal» yozgi transferlar oynasida «Norvich»ni APLga qaytarishga katta hissa qo‘shgan yarimhimoyachi Emiliano Buendiani o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. 

SVS'ning xabariga ko‘ra, londonliklar yaqin kunlarda 24 yoshli argentinalik futbolchining transferi borasida taklif tayyorlashadi. Futbolchining o‘zi ham transferga qarshi emas. 

«Arsenal» Buendia bilan yanvar oyidayoq bitim tuzmoqchi edi. Ammo o‘shanda «Norvich» rad javobini bergan, natijada «to‘pchilar» «Real»dan Martin Edegorni ijaraga olishgandi. 

Buendianing «Norvich» bilan shartnomasi 2024 yil yozigacha mo‘ljallangan. U bu mavsumda Chempionshipda 39ta o‘yin o‘tkazib, 15ta gol urdi va 16ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 14:21, 21.05.2021.
O'qildi: 2008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик