Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Bugun Syurixda FIFAning 71-kongressi bo‘lib o‘tdi

Bugun Syurixda FIFAning 71-kongressi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Videoanjuman shaklida o‘tkazilgan kongressda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov hamda bosh kotib Avaz Maksumov ishtirok etdi.

FIFA prezidenti Janni Infantino kongressni kirish nutqi bilan ochib berdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan qiyin vaziyatda ham mahalliy va xalqaro futbol uchrashuvlarini tashkil etishga harakat qilganligi uchun FIFA rahbari barcha a’zo assosiasialarga minnatdorchilik bildirdi.

Kongress davomida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi raisi Tomas Bax ham nutq so‘zladi. U pandemiya davrida sport turlari orasida birinchilardan bo‘lib yana avvalgi mavqeyini tiklab olgan, xalqaro musobaqalarni o‘tkazishda namuna bo‘lganligi uchun FIFAga tashakkur bildirib o‘tdi.

Kun tartibiga ko‘ra FIFA tomonidan 2020 yilgi mavsumda amalga oshirilgan ishlar va ularning moliyaviy yillik hisobotlari tinglandi va delegatlar tomonidan FIFAning 2022 yilgi budjeti tasdiqlandi.

Shuningdek, FIFA nizomiga o‘zgartirish kiritish, ushbu nizomni qo‘llashni tartibga soluvchi qonun-qoidalar va Kongressning doimiy buyruqlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar bo‘yicha ovoz berish jarayoni o‘tkazildi.

Bundan tashqari Yamayka, Saudiya Arabistoni va Liberiya futbol federasiyalari tomonidan yoshlar va ayollar futbolini dunyo bo‘ylab keng miqyosda rivojlantirish bo‘yicha yuborilgan takliflar muhokama etildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 07:57, 22.05.2021.
O'qildi: 1604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.