Kirish Ro'yxatdan o'tish

Benzema: «Biz u bilan futbol, oila va hayot haqida gaplashdik»

Benzema: «Biz u bilan futbol, oila va hayot haqida gaplashdik»

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Benzema Fransiya terma jamoasiga qaytishi haqida fikr bildirdi

«O‘tgan seshanba juda ajoyib kun edi. Madriddagi uyimdan ko‘plab xabarlarni qabul qila boshladim. Ko‘p odamlar meni terma jamoaga qaytishimni xohlashdi. Mening qaytishim voqea bo‘lib tuyuldi. Men ushbu onni televizor oldida oilam bilan yashab, quvonch va g‘urur his qildim.

Biz uchrashdik (Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi - Desham), bu telefon orqali suhbat emas edi. Biz to‘g‘ri ish qilganimizga ishonch hosil qilldik. 2015 yildan, meni oxirgi marta chaqirishgan vaqtdan beri biz bir-birimizni ko‘rmadik, lekin men doimo u bilan til topishib turardim. Biz hamma narsa haqida gaplashdik: futbol, hayot, oila.

Desham va men bir-birimizga 2015 yilda aytgan barcha narsalarimizni aytib berdik», - dedi Benzema L'Equipe nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema so‘nggi bor terma jamoada 2015 yil 8 oktyabrda o‘ynagan.

Manba: L'equipe
Kiritildi: 23:57, 25.05.2021.
O'qildi: 6677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.