Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Futbol va iqtisodiyot: 3 yil uchun 5 milliard...

Futbol va iqtisodiyot: 3 yil uchun 5 milliard...

Baho:
+1 | -

Florentino Peres va uning hamkorlari o‘ylagan Superliga hozir ham futbol olamida mavjud. Bu - APL. Angliya elit divizioni moliyaviy tomondan yanada kuchaymoqda. Har holda, APL va boshqa ligalar o‘rtasidagi farq tobora oshib boryapti. Oxirgi kunlardagi asosiy yangilik - Angliya Premyer-ligasi telehuquqlarni tendersiz sotdi. Oddiy aytganda, Sky Sports, BT Sport va Amazon kompaniyalari amaldagi kelishuv muddatini uzaytirib qo‘ya qoldi. Summa ham, o‘yinlar taqsimoti ham o‘sha-o‘sha. Xususan, BBC Sport o‘yinlar lavhalarini ko‘rsatish huquqini o‘zida saqlab qoldi. Yangi kelishuv 3 mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, 2022-2025 yillarda amalda bo‘ladi.

Umuman olganda, aslida televizion huquqlarni sotishda tender o‘tkazilishi kutilgan edi. Biroq APL direktorlar kengashi yakunda hech qanday tanlovsiz shartnoma tuzdi. Bunda ligani Angliya hukumati bevosita qo‘llab-quvvatladi. Ya’ni hukumat tender o‘tkazilmasligi raqobat borasidagi qonunning buzilmasligini kafolatladi. Shu tariqa tenderda ishtirok etishni istagan DAZN kompaniyasi noroziligi ahamiyatsiz bo‘lib qoldi. APL rahbariyati bayonotiga qaraganda, qoidalarga amal qilinmasligiga koronavirus pandemiyasi salbiy ta’siri sabab ekan. Alohida ta’kidlash kerak, futbol olamida bahosi 5 milliard yevroga teng shartnoma - kam uchraydigan hodisa. Lekin barchasi faqat summa bilangina muhim ham emas. Zero, gap katta mablag‘ haqida borsa, sog‘lom raqobat xususidagi qonun bir chetga suriladi. Binobarin, Buyuk Britaniyada ushbu qonunni turlicha talqin qilish imkoni bor - u bir necha funksiya­larga ega. Misol tariqasida antimonopoliya bandini keltirish mumkin.

Ha, pandemiya butun jahonda iqtisodiy inqirozni yuzaga keltirdi. Jumladan, Britaniyada ham. Deylik, 2020 yili Qirollikda YAIM (yalpi ichki mahsulot) hajmi 10 foiz tushdi. 2021 yilning birinchi choragida ham pasayish davom etdi. Albatta, xaridorlar translyasiyalar bahosi ham pastlashishidan umidvor edilar. Lekin APL tenderdan qochish yo‘li bilan inqirozgacha amalda bo‘lgan shartlarni saqlab qoldi. To‘g‘ri, hukumatning liga yo‘rig‘idan yurgani ajablanadigan holatdir balki. Lekin ayni shu yondashuv mahsulot himoya­sini ta’minladi. Sir emas, APL - Angliyaning asosiy qadriyatlaridan biri. Jumladan, sof sport yutuqlari nuqtai nazaridan ham, betakror liga. APL o‘yinlarini butun dunyoda tomosha qilishadi. Eng muhimi, liga moliyaviy tomondan o‘zini to‘liq ta’minlaydi. To‘g‘ri, shunday qudratli chempionat ham pandemiya tufayli katta pul yo‘qotdi. Ammo bu top-klublarga uncha bilinmadi. Qanaqasiga?

Masalan, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bir necha kun oldin Superliga g‘oyasini buzish borasida faollik ko‘rsatdi, yana futbol mutasaddilaridan alohida ravishda. Qisqasi, klublarga yangi tashkilot vositasida pul ishlashga yo‘l qo‘yib berilmadi. Shuning barobarida milliy chempionatda maksimal daromad olish imkoni yaratildi. Bu borada bosh vazir tutgan pozisiya tushunarli va aniq. Ayni shu pozisiya APL va boshqa kuchli ligalar o‘rtasidagi farqni yanada oshirib yuboryapti. Germaniyada hamon oldingi shartnoma amalda (3 mavsum uchun 4,5 mlrd. yevro). Lekin hozirdanoq keyingi kelishuv qiymati pasayishi haqida gapirishmoqda. Ispaniyada ham eski shartnoma ishlayapti (xuddi Germaniyadagi kabi 3 yilga 4,5 mlrd. yevro). Biroq Bundesliga shartnoma qoidalarini buzdi. Natijada o‘yinlarni AQSHda ko‘rsatadigan BeIN Sports kelishuvni bekor qildi. Italiyada esa DAZN kompaniyasi tenderda amaldagi xaridorlardan ustun keldi. Biroq 3 mavsum uchun atigi 2,5 mlrd. yevro taklif qilindi. Qarang, APL summasidan ikki baravar kam. Eng yomoni Fransiyada. Chunki Liga 1ning avvalgi mavsumi oxiriga yetkazilmadi. Oqibatda joriy mavsum o‘rtasida Mediapro kompaniyasi shartnomadan voz kechdi. Bu guruh yiliga deyarli 800 mln. yevro to‘lardi. Diqqat qiling, 800 «limon» - Liga 1 daromadining 70 foizidan ham ko‘p.

Superliga g‘oyasi puxta o‘ylanmagani tufayli tashabbuskorlarni kalaka qilish mumkindir. Lekin klublar muammolarni hal etishga uringanini ham unutmaslik kerak. Mana, «Barselona» byudjetida katta kamomad yuzaga keldi. «Inter» esa futbolchilar maoshi va transferiga pul topolmayapti. «Real»ning yalpi qarzi 1 yilda 100 mln. yevro «bolaladi». «Yuventus» esa o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, 70 mln. yevro zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Qisqasi, Superliga g‘oyasi buzilgani bilan muammolar yo‘qolib qolmadi. Umuman, bu vaziyatda hech kim yutgani yo‘q. Yagona yupanch shuki, hammasi bundan-da yomon bo‘lishi mumkin edi. «Bavariya» hamisha o‘zining oqilona moliyaviy siyosati bilan o‘rnak ko‘rsatib keladi. Lekin ayni shu siyosat ortidan Tyago Alkantara va Filippe Koutinyo o‘rniga Buna Sarr va Mark Roka taklif etildi. Hal qiluvchi uchrashuvlarda esa jamoaga tarkib resurslari yetishmadi.

«Real» prezidenti Florentino Peres agar biror jiddiy o‘zgarishga qo‘l urilmasa, futbol «o‘lish»ini aytdi. Endi «Inter» bosh direktori Juzeppe Marotta so‘zlariga e’tibor qarating: «Tan olish kerak, «Brayton»ning «Yuventus»dan ko‘p pul topishi g‘alati tuyulishi bilan haqqoniydir». Hozirgi modelni shundoq bozor hukmiga tashlab qo‘yish yaramaydi. Yo‘q, futbol «o‘lmaydi», albatta. Lekin hozirgi model rivojlanish uchun yetarli emas. Deylik, APLdan tushib ketgan jamoa CHL g‘olibidan ham ko‘p pul olyapti. Ko‘rinib turibdiki, qit’aning superklublari yaqin orada pul topishning muqobil yo‘llarini qidirib ko‘raveradi, baribir. Hozircha APL Superligaga aylanmoqda. Yevrokuboklarning finaliga chiqqan 4ta jamoadan 3tasi Angliyadan. 2019 yili 4ta finalchi ham tumanli o‘lka vakili edi. Telehuquqlarning sotuvi haqidagi xabarlarga e’tibor bersak, bu yetakchilikning cho‘qqisi emas, balki boshlanishi. Hozircha xulosa shu...

J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 06:00, 01.06.2021.
O'qildi: 5121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.