Yarimhimoyachi Temuye Bakayoko "Chelsi"ni yana ijara asosida tark etishi mumkin. Jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Fiorentina" yarim himoyachini ijaraga olmoqchi.
Yaqin kelajakda u muzokaralarni boshlaydi, ammo futbolchining maoshi ushbu kelishuvga to‘sqinlik qilishi mumkin. Qayd etilishicha, yangi bosh murabbiy Jennaro Gattuzo bu mavsum u bilan birga "Napoli"da birga ishlagan va oldinroq "Milan"da bo‘lgan Bakayoko bilan yana ishlashni xohlamoqda.