Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Hakim Fuzaylov: «Dinamo»ning har bir o‘yinchisi maydonda borini berib, xarakter ko‘rsatmoqda»

Hakim Fuzaylov: «Dinamo»ning har bir o‘yinchisi maydonda borini berib, xarakter ko‘rsatmoqda»

Baho:
+ | -

Pro liga 2-davrasining dastlabki o‘yini – 10-tur doirasidagi «Yangiyer» - «Dinamo» (1:2) uchrashuvidan keyin dastlab Samarqand jamoasi ustozi Hakim Fuzaylov g‘alabali o‘yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

«O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Oldin ham aytgandim, Pro ligada kuchsiz klubning o‘zi yo‘q. Barcha jamoalar deyarli tengkuchli bo‘lib, har o‘yinda g‘alaba uchun intilishmoqda, har bir bahsga jiddiy tayyorlanishmoqda.

«Olimpik» bilan Toshkentdagi o‘yindan keyin tayyorgarlik uchun vaqtimiz oz edi. Qiyin o‘yinga qaramay, jamoamiz yaxshi o‘yin namoyish etib g‘alaba qozondi. Bugun biz kabi raqib ham g‘alabani ilib ketishi mumkin edi. Bu borada omad bizga kulib boqdi va muhim ochkolarni qo‘lga kiritdik.

G‘alabaning asosiy omili? Eng avvalo futbolchilarning o‘z kuchini to‘liq ishga solib, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi bizga g‘alaba keltirdi. Ammo o‘yin bo‘yicha jamoamizda charchoq alomatlari sezildi, bunday issiq havo sharoitida futbolchilar tezroq charchab qolishadi.

- Oxirgi ikki safar o‘yini – oldingi tur «Olimpik» (1:2) va bugun «Yangiyer» (1:2) bilan bahsda jamoangiz birinchi gol o‘tkazib yubormoqda, keyin esa irodali g‘alabaga erishayapti. Bu nima bilan bog‘liq?
- Yigitlar xarakter ko‘rsatishmoqda. O‘yinga tushayotgan har bir futbolchi borki, maydonda borini berayapti. Aynan shu kurashuvchanlik bizga g‘alaba keltirmoqda.

«Yangiyer»? Ularga qarshi birinchi davradagi o‘yinimiz ham, bugungisi ham tengkurashlar ostida kechdi, bu jamoada yaxshi o‘yin shakllangan.  

Maqsad? Oldimizdagi vazifa Superligaga chiqish. Ammo faqat biz emas, Pro liganing kamida 5-6ta klubi Superliga yo‘llanmasiga ega chiqmoqchi. Shu bois yozda tarkibimizni kuchaytirishimiz lozim, - deydi «Dinamo» bosh murabbiyi Hakim Qayumovich.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:53, 07.06.2021.
O'qildi: 1686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик