Kirish Ro'yxatdan o'tish

Buffonga La Liga grandlari da’vogar

Buffonga La Liga grandlari da’vogar

Baho:
+ | -

Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, «Yuventus»ning sobiq darvozaboni Janluilji Buffon faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko‘ra, «Atletiko» va «Barselona» 43 yoshli italiyalikni qo‘lga kiritish uchun da’vo qilmoqda. O‘z navbatida faxriy ham Ispaniyaning top-klublarida vaqtini o‘tkazishga  qarshi emas.

Shuningdek, boshqa bir ehtimoliy bo‘lgan variantlardan biri - Buffon o‘z faoliyatini boshlagan "Parma".

Eslatib o‘tamiz, Buffon «zebralar» safida 2001 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U Turin jamoasi bilan o‘n karra Italiya chempioni, to‘rt karra mamlakat kubogi g‘olibi va olti karra superkubok sohibi bo‘ldi. U 2018/19 yilgi mavsumni PSJda o‘tkazdi, shundan so‘ng yana Turin klubiga qaytdi.

O‘tgan mavsumda Buffon jamoasi safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 08:05, 12.06.2021.
O'qildi: 3174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.