Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yevro-2020. Milliy rekordgacha bir qadam, ammo jahon rekordi bu safar emas. Italiyani to‘xtatib bo‘lmayapti

Yevro-2020. Milliy rekordgacha bir qadam, ammo jahon rekordi bu safar emas. Italiyani to‘xtatib bo‘lmayapti

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi Yevro-2020ning ochilish o‘yinida g‘alaba qozondi. Ular o‘z uylarida Turkiyani 3- 0 hisobida mag‘lub etishdi va 3 ta golning barchasi 2-taymda kiritildi. Avvaliga avtogol yordam berdi, so‘ngra Chiro Immobile va Lorenso Insinyening gollari hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Italiyaliklar ayni damda ajoyib seriyasini davom ettirmoqdalar: bu ketma-ket 28-mag‘lubiyatsiz uchrashuv. Ushbu seriya 2018 yilning kuzida boshlangan edi, shundan beri Italiya na rasmiy va na o‘rtoqlik o‘yinlarida yutqazmadi.

Yengilmas "Skuadra Adzurra"

Italiya ushbu seriya davomida 23 g‘alaba va beshta durangga erishdi va tuplar nisbati 77-7. Bu shunchaki dahshatli statistika. "Skuadra Adzurra" orada ikki durang natija qayd etdi va kechagi muvaffaqiyat kichik qoqilishlardan keyingi ketma-ket to‘qqizinchi g‘alaba bo‘ldi. Ayni damda italyanlar juda ham yaxshi formada va shu o‘yin bilan ularni bemalol Yevropa chempionati favoritlaridan biri deb hisoblasak bo‘ladi.

Turkiya ustidan qozonilgan g‘alaba ketma-ket to‘qqizinchi bo‘lganini ta’kidlab o‘tdik. Ushbu 9 ta raqib ichida top darajadagi Yevropa terma jamoalari yo‘q edi, ammo baribir ular Italiya darvozasiga gol kirita olmadi. Xatto noyabr oyida Levandovski ham "Skuaddra Adzurra" darvozasiga yo‘l topa olmagan edi.

Milliy rekordgacha bir qadam

Italiya milliy rekordni yangilashga yaqin turibdi. 1930-yillarda ular 30 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan. Ayni damda bu natijani takrorlash uchun 2 ta o‘yin qoldi. Italyanlar bu natijani guruh bosqichining qolgan ikki o‘yinida g‘alaba qozonib ham takrorlashi mumkin. Jahon rekordi esa biroz uzoq, ular bu natijani mazkur turnida amalga oshirishga ulgurmaydi.Bu rekord Ispaniya terma jamoasining 2007 yildan 2009 yilgacha bo‘lgan 35 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi hisoblanadi. Italiya to finalgacha qoqilmay borib, turnir finalida g‘alaba qozonsa ham, ushbu seriya 34 taga yetadi.

Shubhasiz, Yevro-2020 ishtirokchilari orasida Italiya mag‘lubiyatsiz seriya ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinni esa kutilmaganda 11 ta mag‘lubiyatsiz o‘yin bilan vengriyaliklar band etib etgan.

 

Haqiqiy qal’a

Italiya  terma jamoasi hech qachon yirik turnirlarda «Olimpiko» stadionida mag‘lub bo‘lmagan. Umuman olganda, bu arenada ular hisobida Jahon va Yevropa chempionatlarida yetti g‘alaba va ikkita durang mavjud. Qolaversa, so‘nggi to‘qqiz uchrashuvning sakkiztasida mezbonlar bu erda gol o‘tkazib yubormadilar. Haqiqiy qal’a!

Italyanlarning so‘nggi bora Millatlar Ligasi turnirida Portugaliyaga mag‘lub bo‘lgan edi. O‘shanda Andre Silva Jiji Donnaruma darvozasini ishg‘ol qilgan. Ushbu seriyani kim to‘xtatadi deb o‘ylaysiz? Ular keyingi o‘yinini Shvesariyaga qarshi o‘tkazadi. Balki, shu o‘yinda Italiyaning mag‘lubiyatsiz seriyasi yakuniga yetar, ammo navbatdagi bahs ham "Olimpiko"da bo‘lishini inobatga olsak, bu qanchalik qiyin masala ekanligini tushunish qiyin emas.

 

                                                               Xudayqulov KARIM tarjimasi

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 13:24, 12.06.2021.
O'qildi: 3462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.