Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Yevro-2020. Italiya qachon bunday o‘zgardi?

Yevro-2020. Italiya qachon bunday o‘zgardi?

Baho:
+ | -

Nafaqat men kabi bu terma jamoani 2006 yildagi JCHdan buyon biladigan bir odam uchun, balki uni 90-yillardan – Badjo davridan, ehtimol undan ham avval — Rossi davridan biladiganlar uchun ham kecha Italiya terma jamoasi ko‘rsatgan o‘yin o‘zgacha ko‘rindi.

Raqamlar bu fikrni tasdiqlaydi. Italiya Yevropa chempionatlarida o‘zi o‘tkazgan so‘nggi 39 o‘yinda ilk bor raqib darvozasiga 2 tadan ortiq gol uryapti. Bu Yevropa chempionatlari tarixida Italiya oxirgi marotaba 3+ ko‘rinishida gol urgan o‘yinni topish uchun o‘tgan asrga qaytish kerak bo‘ladi degani. Lekin, Italiya terma jamoasi so‘nggi 9 o‘yinda to‘plar nisbatini 28:0 ko‘rinishida ushlab turibdi. Zo‘r-a! Ya’ni Manchinining Italiyasi avvalgi Italiya terma jamoalaridan farq qilayotgani aniq. Raqamlar ko‘pincha rost so‘zlaydi. Asli jamoa 2018 yil Millatlar ligasida Portugaliyaga yutkazganidan beri hali yengilmadi. Demak, aynan Manchini Italiyani o‘zgartirgan deyishga dastlabki asoslar bor, menimcha.

Kecha UYEFA talqiniga ko‘ra o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Leonardo Spinassola bo‘libdi. Garchi men uchun bu maqom Lorenso Insinyega tegishli bo‘lsada “Roma” qanot himoyachisi ham yaxshi o‘yin o‘tkazgani, klubidagi kabi bu yerda ham hujumga faol qo‘shilganini ko‘rdik. Bundan tashqari bu natijadan so‘ng Italiya himoyachisi Man of the Match bo‘layotgani e’tiborli. Chunki, g‘olib jamoa 24 (!) marotaba raqib darvozasi tomon zarba yo‘llagan. Bunday vaqt hujumkor biror futbolchi e’tirof etilishi mantiqiy bo‘lardi. Bu nimadan darak beradi? Menimcha, Spinassola turklarning hujumlarini buzishda ham ko‘p ish qildi. Burak Yilmaz va Kenan Karamanni bir necha bor u to‘xtatdi.

Endi Insinyega kelsak. 10 raqam egasiga tushgandek, Italiyaning saralash bosqichidan kuzatib kelayotganlarning ta’kidlashicha, bu futbolchi butun siklda tarkibdagi eng yaxshilardan bo‘lgan. Kecha unda aql, texnika va tezlik mujassamligini ko‘rdim. Ha, u Italiyaning avvalgi avlod yetakchilari kabi maydon markazidan o‘yinni boshqarmas, ko‘proq so‘nggi nuqtani qo‘yish o‘rnida paydo bo‘lar, ammo kecha Turkiyaga qarshi shu kifoya qildi.

Turkiya o‘ta zaifmidi? Bilmadim. O‘zimdagi bu termaga bo‘lgan simpatiyani chetga surib aytsam ham, turklarni o‘ta zaif deyolmadim. Buni o‘yindan keyin Roberto Manchini ham aytibdi. Raqib yaxshi o‘ynadi, aslida, dedi Italiya bosh murabbiyi. Shenol Gyunesh kecha ikkinchi raqamga jangsiz rozi bo‘ldi. Orada bir necha bor Yilmaz raqib jarima maydoniga o‘tib ketgan bo‘lsada qariya futbolchining harakatlarida keskinlik ko‘rinmadi. Balki tarkibda o‘zgarishlar bilan boshlar keyingi, Uelsga qarshi o‘yinni Gyunesh. Ko‘ramiz.

Orif Tolipov

Manba: t.me/tolipovuz
Kiritildi: 14:38, 12.06.2021.
O'qildi: 2670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик