Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Transport universitetida stritbol buyicha turnir davom etadi. Oldinda qizg‘in final bahslari

Transport universitetida stritbol buyicha turnir davom etadi. Oldinda qizg‘in final bahslari

Baho:
+ | -

Toshkent davlat transport universiteti sport sog‘lomlashtirish kompleksida «Basketbol festivali-2021» bo‘lib o‘tmoqda. 12 iyun kuni mazkur festivalning ochilish marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Basketbol federasiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu festivalda yuzlab tomoshabinlar o‘z oilalari va yaqinlari bilan ishtirok etishdi.

Festival doirasida basketbolning Open Cup 3x3 tasnifiga kiruvchi O‘zbekiston kubogi bahslariga ham start berildi. Turnirda yurtimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 16 va18 yoshgacha bo‘lgan o‘smir yigitlar va qizlar hamda 18 yoshdan katta erkak va ayollar jamoalari ishtirok etmoqda.

Turnirning dastlabki, 12 iyun kuni saralash o‘yinlari tungi 23:00ga qadar davom ettirilib, 16 va 18 yoshdagi o‘smir yigitlar va qizlar jamoasi final chiptalarini qo‘lga kiritdilar.

Bugun, 13 iyun sanasida esa Olimpida dasturiga kiritilgan ushbu sport turi bo‘yicha final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari bugun, kun tartibidan katta sport shousi, ko‘ngilochar dasturlar, bolalar uchun qiziqarli o‘yinlar tashkil etilishi ham o‘rin olgan.

Qayd etish joiz, ushbu turnirning final bahslari soat 21:00 dan boshlab «Sport» telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Tashkilotchilar bugun, yakshanba, dam olish kunini maroq bilan o‘tkazish uchun Toshkent transport universiteti sport maydonlarida o‘tkazilayotgan katta turnirga barchani taklif qiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:15, 13.06.2021.
O'qildi: 1585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.