Kirish Ro'yxatdan o'tish

Matbuot anjumani. Vadim Abramov

Matbuot anjumani. Vadim Abramov

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov JCH-2022 saralashi doirasidagi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

- Hamma tushunib turibti, ertaga juda muhim uchrashuv bo‘ladi.

- Tayyorgarlik yaxshi o‘tdi. Jarohatlar yo‘q. Qum bo‘roni sabab kecha maydonda mashg‘ulot o‘tkaza olmadik. Lekin, bilishimcha raqiblarimiz ham maydonga chiqa olmadi. Shuning uchun bu muammo ikkimizga ham tegishli.

- Saudiya Arabistoni terma jamoasi haqida faqat ijobiy fikr bildira olaman. Ulardan ehtiyot bo‘lish normal holat. Lekin, Toshkentdagi o‘yinni eslashni xohlamasdim. Chunki o‘shandagi natija o‘yinga mos bo‘lmagan. Ertangi uchrashuv qaysi terma jamoa katta ekanligini ko‘rsatadi.

- Dastlabki ikki o‘yindagi stadionimizda chim o‘ziga hos edi, teparoq edi. To‘p harakati sekinlashdi. Bugun mana yangi stadionni ko‘ramiz. Saudiyaning o‘yin videolarini ko‘rib chiqqanimda amin bo‘ldimki, bu yerda chim holati qulay. Bu bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa kerak.

Manba: t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 18:38, 14.06.2021.
O'qildi: 8032 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.