"PSJ" Braziliya futbol konfederasiyasining so‘roviga rad javobi tariqasida hujumchi Neymar va himoyachi Markinyosning Tokiodagi Olimpiada o‘yinlariga qo‘yib yubormasligi haqida ogohlantirdi.
Aytish kerak, Olimpiya o‘yinlari 23 iyuldan 8 avgustgacha Tokioda bo‘lib o‘tadi. Musobaqa o‘tgan yili tashkil etilishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi sabab bu yilga ko‘chirilgandi.