Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bugungi kongressning kun tartibidan qanday masalalar joy oldi?

Bugungi kongressning kun tartibidan qanday masalalar joy oldi?

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston futbol assosiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida tashkil etilgan ushbu kongressda O‘FA rahbariyati, Ijroiya qo‘mita a’zolari, delegatlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Kongressni O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov kirish nutqi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumov Kongress kun tartibidan o‘rin olgan masalalarni o‘qib eshittirdi.

Kongressning kun tartibidan quyidagi masalalardan iborat bo‘ldi:

1. O‘FA ustavini FIFA va OFK talablari asosida yangi tahrirda tasdiqlash.
2. O‘FA saylov kodeksini tasdiqlash.
3. O‘FA saylov qo‘mitasini tasdiqlash.
4. O‘FA apellyasiya saylov qo‘mitasini tasdiqlash.

Bugungi kunda FIFA va OFK a’zo davlatlarga o‘z ustavlarini mazkur tashkilotlar tomonidan belgilangan talablarga moslashtirilishi vazifasi qo‘yilmoqda. Shu munosabat bilan, O‘FAning amaldagi ustavini yangi tahrirda tayyorlash uchun FIFA tomonidan yangi ustav namunasi O‘FAga taqdim etildi. Mazkur ustav namunasining har bir moddasi o‘tgan oylar davomida FIFA hamda OFK vakillari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi hamda atroflicha muhokama qilindi.

Yangi ustav namunasida asosiy o‘zgarishlar asosan O‘FAda bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonini tartibga solish hamda tashkilotning ochiqlik siyosatini takomillashtirishga qaratilgan. O‘FA tomonidan mazkur ustav bo‘yicha bir qancha taklif va mulohazalar bildirildi. Bildirilgan taklif va mulohazalar FIFA va OFK tomonidan ijobiy baholandi.
Kongress kun tartibiga ko‘ra, dastlab, delegatlar yangi tahrirdagi O‘FA ustavini qabul qilish bo‘yicha ovoz berdilar va unga ko‘ra ushbu taklif bir ovozdan ma’qullandi.

Yangi tahrirdagi O‘FA ustavining 30-moddasida O‘FAda saylovlar Saylov kodeksiga muvofiq o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Saylov jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, nomzodlarni Ustav asosida ro‘yxatga olish, ovoz berish va berilgan ovozlarni hisoblashni Ustavga muvofiq amalga oshirish hamda saylov yakunlari bo‘yicha tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini olishda Saylov kodeksi muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘FA uchun yangi bo‘lgan Saylov kodeksini tasdiqlash bo‘yicha delegatlar ovoz berdi. Unga ko‘ra Kongressga tashrif buyurgan barcha delegatlar bir ovozdan mazkur taklifni ma’qulladi.

Saylov jarayonlarini tartibga solish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda Saylov jarayonlarini boshqarish uchun Saylov qo‘mitasi asosiy ishchi organ bo‘lib xizmat qiladi. 2021-yil sentyabr oyida O‘FA Prezidentligi, Vise-prezidentligi hamda Ijroiya Qo‘mitasi a’zoligiga saylovlar bo‘lib o‘tishini inobatga olgan holda saylov qo‘mitasi tashkil etilishi talab etiladi. Mazkur qo‘mita a’zolari, huquqiy bilimga ega hamda saylov jarayonlarini yaxshi tushunadigan shaxslar orasidan saralab olingan bo‘lib, uning tarkibini tasdiqlash bo‘yicha delegatlar o‘rtasida ovoz berish jarayoni o‘tkazildi. Nomzodlar ro‘yxati delegatlar tomonidan tasdiqlandi.

Shuningdek, kun tartibidan O‘FAning apellyasiya saylov qo‘mitasini tasdiqlash masalasi ham o‘rin oldi. Saylov jarayonlari yakunida Saylov qo‘mitasi olib borgan ishlar yuzasidan turli tushunmovchiliklar hamda e’tirozlarga to‘g‘ri va adolatli munosabat bildirish, Saylov qo‘mitasining harakatlari bo‘yicha kelib tushgan shikoyatlarni xolisona ko‘rib chiqish uchun alohida Apellyasiya saylov qo‘mitasini tashkil etish hamda uning a’zolarini tasdiqlash xam talab etiladi. Shu maqsadda, Apellyasiya saylov qo‘mitasi tarkibini tasdiqlash bo‘yicha delegatlarga taklif berildi va bir ovozdan ushbu taklif ma’qullandi.

O‘zbekiston futbol assosiatsiyasining 2021-yilgi navbatdan tashqari Kongressi kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi va Kongress yopiq deb e’lon qilindi.

 

Kiritildi: 20:37, 19.06.2021.
O'qildi: 2665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.