Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Hozirgi Rossiyaga Gvardiola va Klopp ham yordam bera olmaydi — Rednapp

Hozirgi Rossiyaga Gvardiola va Klopp ham yordam bera olmaydi — Rednapp

Baho:
+ | -

Taniqli murabbiy, mutaxassis Xarri Rednapp Rossiya terma jamoasining Yevropa futbol chempionatidagi o‘yiniga baho berdi. Eslatib o‘tamiz, Cherchesov shogirdlari guruh bosqichini guruhdagi so‘nggi o‘rinda yakunlashdi.

Ingliz murabbiyi Yevroda Rossiya jamoasidan eng yaxshi natijani kutishini aniq aytdi.

- Tabiiyki, men Yevropa chempionatida Rossiya terma jamoasidan juda ko‘p narsalarni kutgandim. Rossiya buyuk sport xalqi. Va siz har doim jamoangizdan ajoyib futbol kutasiz. Ammo, bilasizmi, hozirda Rossiya jamoasi unchalik yaxshi emas. Futbolchilar endi Angliya Premyer-ligasida o‘ynashmaydi, endi yuqori toifadagi futbolchilar yo‘q.

Rednapp, shuningdek, Rossiya termasi o‘tish bosqichini boshdan kechirayotganini, undan keyin haqiqiy parvoz boshlanishi mumkinligini ta’kidladi.

- Va murabbiyni ayblamang, uning hech qanday aybi yo‘q. Hozirgi Rossiyani Gvardiola yoki Klopp boshqargan taqdirda ham natija bir xil bo‘ladi, — dedi Rednapp.

Manba: sport.ru
Kiritildi: 22:34, 22.06.2021.
O'qildi: 3934 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик