Ispaniyaning «Sevilya» klubi himoyachisi va jamoa sardori Xesus Navas klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Tomonlar 3 yilga mo‘ljallangan yangi shartnomani imzolaydilar.
Ma’lumot uchun, Navas o‘tgan mavsumda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golli pasni amalga oshirgan.
Oldinroq Serxio Ramos «Sevilya»ga qaytish variantini bekor qilgani haqida xabar bergan edik.