Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Samarqandda superkambek: «Dinamo» dramatik o‘yinda «Xorazm»ni mag‘lub etdi

Samarqandda superkambek: «Dinamo» dramatik o‘yinda «Xorazm»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Pro liga 13-turining markaziy va dramatik kechgan qarama-qarshiligi Samarqandda «Dinamo» va «Xorazm» o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvda hisob mezbonlar vakili Siroj Meliyev tomonidan ochilgan bo‘lsa, bo‘lim yakuni – 45 va 45+1-daqiqada Ro‘zimboy Ahmedov xatodan unumli foydalanib, tanaffusga jamoasini g‘olib sifatida olib chiqdi. 53-daqiqada yana o‘sha Ro‘zimboy Ahmedov katta sahnaga chiqib, hisobni 1:3ga yetkazdi.

60-daqiqada Siroj Meliyev dublga erishib, hisobni 2:3ga yetkazgach, o‘yingohda elektr uzilishi kuzatilib, bosh hakam o‘yinni 15 daqiqaga to‘xtatib qo‘ydi.

Muammo bartaraf etilgach, Hakim Fuzaylov jamoasi hujumkorlikni oshirdi. Natijada 81-daqiqada Shoxruh Abdurahmonov o‘zi ishlagan penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, 90+1-daqiqaga kelib, tinimsiz hujumlarni Dmitro Sidorenko golga aylantirib, kambek bilan stadionni larzaga keltirdi – 4:3.

Pro liga. 13-tur
27 iyun (yakshanba)
«Dinamo» - «Xorazm» - 4:3
Hakam: Rustam Choriyev
Gollar: Siroj Meliyev 6, 60, Shohrux Abdurahmonov 81 pen., Dmitro Sidorenko 90+1 - Ro‘zimboy Ahmedov 45, 45+1, 53.
«Dinamo»: 1. Farhod Rahmatov (Aslon Ahrorov, 46), 2. Dmitro Sidorenko, 7. Shoxruh Abdurahmonov, 9. Temur Usmonov (Temur Ismoilov, 70), 14. Siroj Meliyev, 15. Obid Jo‘raboyev, 19. Islom Sharipov, 22. G‘olibbek Sariboyev, 26. Komil Sharofutdinov (Jasur Hasanov, 46), 77. Sardor Eminov, 88. Oleg Marchuk (Muhammadqodir Hamraliyev, 46).
«Xorazm»: 35. G‘ayrat O‘dayev, 4. Jasur Otajonov, 6. Farrux Haydarov, 8. Sardor Jahonov, 9. Ma’rufxo‘ja Murodov, 14. Elyor Mamasoliyev, 19. Habibulla Matyoqubov, 21. Mirjalol Qurbonov, 22. Ro‘zimboy Ahmedov, 88. Abror Xusinov, 89. Abdulholiq Qurbonov.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:33, 27.06.2021.
O'qildi: 2406 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.