Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Diyor Imomxo‘jayev Rossiya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi farq haqida gapirdi

Diyor Imomxo‘jayev Rossiya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi farq haqida gapirdi

Baho:
+ | -

PFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev futbol bo‘yicha Yevropa chempionatidagi jamoalar haqida, xususan Rossiya va Ukraina futbolidagi farq haqida fikr bildirdi.

"Ukraina terma jamoasining Yevroda ko‘rsatayotgani o‘yini balki dahshat emasdir, ammo ular chorak finalga qadar yetib bordi. Rossiya namoyish etgan futbol bilan solishtirganda, Ukrainaning o‘yini ustidan suv o‘girib ichsa arziydi.

Rossiya Yevroni sharmandalarcha tark etdi. Vaholanki, Rossiya futbol uchun sarflayotgan pul Yevropaning uncha-buncha mamlakatidan ko‘proq. Ammo ko‘ryapmizki, ichki chempionatga bunday katta chiqim qilmayotgan Ukraina, Shveysariya, Daniya, Chexiya kabi termalar nisbatan sog‘lom futbol ko‘rsata olyapti, ular yetishtirib berayotgan nomlar ham chakki emas. Kanalimiz o‘quvchilari Xorvatiya futboli haqidagi fikrlarimizni ham yaxshi biladi.

Ukraina chempionatida xuddi bizdagi kabi 14 klub to‘p suradi va shularning 12 tasini xususiy sektor moliyalashtiradi va ular byudjetdan pul olmaydi. Biz shu yo‘nalishda rivojlanishga harakat qilishimiz nisbatan to‘g‘riroq yo‘l. Davlat futbol akademiyalarini rivojlantirish va albatta futbol murabbiylarini o‘qitish tizimini moliyalashtirib, nisbatan yaxshiroq natijaga erishishi mumkin IMHO. Asosan futbol klublarining moliyalashtirilishi aslida qanday samara berishini bugungi futbol yaqqol ko‘rsatib turibdi. Biz tub burilish qilishdan cho‘chimasligimiz kerak, deydi PFL rahbari Imomxo‘jayev.

Kiritildi: 10:49, 30.06.2021.
O'qildi: 4183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик