Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Golf ishqibozi Beylning Madriddagi hayoti haqida

Golf ishqibozi Beylning Madriddagi hayoti haqida

Baho:
+ | -

Garet Beyl «Real»ga ko‘chib o‘tgandan keyin multimillionerga aylandi. U yerda uelslik xizmatlari uchun judayam yaxshi haq to‘landi. Bunga 6,5 million funtlik uy-joy va 230 minglik Ferarri, qolaversa avtokolleksiyasida Mersedes, Audi kabi mashinalar borligi isbot bo‘la oladi. Qolaversa, u o‘z uyining hovlisida mo‘’jaz golf maydoni barpo ettirgan.

Uyi haqida...

Beyl yuqorida aytganimizdek eng boy madridliklar yashovchi La Finka mavzeyida, qimmatbaho uyda istiqomat qilgan. U yerda hatto Ronaldu, Benzema va Ramos kabi jamoadoshlari ham yashagan. Beyl u yerdagi uyini futbol afsonasi Kakaga u Madridda o‘ynagan payt ijaraga bergan. Ijara narxini esa oyiga 10 ming funt etib belgilagan edi. Beyl Madridda haftalik maoshi 600 ming funt bo‘lgan paytlar La Finka hududidan ko‘plab ko‘chmas mulklar harid qilgan edi.

Avtomobillari haqida...

Beyl Madrid shahri klubida o‘ynab, yillar davomida o‘z avtokolleksiyasini yaratdi. Uning garajida 165 ming funtlik Mersedes SLS AMG, 152 minglik Bentley Continental GT, 156 minglik Lamborghini Huracan, hamda 230 ming funt-sterlinglik Ferrari GT C4 modellari hoziru nozir edi.
Qolaversa, golf ustasi bo‘lgan vinger, «Real»ga Audi motors homiylik qilgan paytlar 65 ming funt qiymatli Audi Q7 50 TDI sportkarini minganligi aytiladi.

Ta’tillari haqida...

Beyl ta’tillarini o‘tkazib, dam oladigan joy o‘zgacha tabiatli edi. U dam olish uchun mashinasini minib, San Rokega, Andalusiyaga yo‘l oladi. Boradigan joyida albatta gol maydonchasi bo‘lardi. Beyl hordiq uchun har safar Marbelladagi restarani, bari va plyaji bor bo‘lgan 5 yulduzli mehmonxonani tanlardi. U yerda barcha sharoitlar yaratilgandi. Mehmonxonadagi xonalarga bir kecha uchun narx 900 yevro atrofida belgilangan . Xona narxi o‘ta qimmat bo‘lishiga qaramay, millioner futbolchi uchun bu arzimagan pul.

Shaxsiy hayoti haqida...

Beylning uylanganiga ko‘p bo‘lmadi. U 2019 yilda mo‘’jazgina marosim orqali o‘z to‘yini nishonladi. Beyl Emma ismli qizga uylangan. To‘y Mahorka tropik orolida besh yulduzli mehmonxonada bor-yog‘i 60 ta mehmon qarshisida o‘tkazildi. Eng qizig‘i, mehmonlar tanlab aytilgan va ularga to‘ydan atigi 24 soat avval xabar qilingandi. To‘y marosimiga kiritishda soqchilar qo‘yilgan bo‘lib, ular kiritilayotgan mexmonlarning telefonini yig‘ish bilan shug‘ullangan. Ya’ni hech kimga to‘yni rasmga olish va s’yomka qilishga ruxsat etilmagan. Ana shunaqa gaplar...

Xullas, Beylning Madridda yaratgan shohona hayotini ko‘rib, nima uchun jamoani tark etishni istamasligini bilib olasiz.

Jaloliddin ISMATOV

Kiritildi: 12:27, 30.06.2021.
O'qildi: 2078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.