Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Manchester Yunayted» a’zosiga aylangan Jeydon Sancho haqida

«Manchester Yunayted» a’zosiga aylangan Jeydon Sancho haqida

Baho:
+ | -

Avvalambor, bu eng uzoq davom etgan transfer jarayonlaridan biri deyishimiz mumkin. 15 yoshigacha “Uotford”da so‘ng ikki yil “Manchester Siti”da bo‘lib o‘sha vaqtda eng umidli o‘smirlardan biri sifatida tariflangan Sancho 2017 yil “Borussiya Dortmund” bilan shartnoma imzolaydi.

Birinchi mavsum o‘zini va Bundesligani his qilib olish uchun sarflangach, keyingisida u klubdagi eng yaxshi pleymekerga aylanadi – 17 ta golli uzatma (+12 ta gol). O‘sha mavsumdan so‘ng yarim yil ilgari MYUni qabul qilib olgan Ole Gunnar Sulsher unga qiziqish bildira boshlagandi.

Jeydonning Dortmunddagi faoliyati Pulishichning bosh murabbiy Favr bilan nizoga borishi bilan parallel kelgani haligacha angliyalikning omadi deb aytilsa-da, aslida u tabiiy ravishda ham o‘z o‘rnini topishga qodir ekani aniq edi.

U Germaniya chempionatida “eng yosh” old so‘zi bilan keluvchi bir necha rekordni yangiladi. Jumladan, 19ga to‘lib-to‘lmay chempionatning bir mavsumida 10 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

O‘rtacha ko‘rsatkichlar: Jeydon Sancho 90 daqiqada o‘rtacha 2,9 marotaba hal qiluvchi uzatma amalga oshiradi. Solishtirish uchun: Brunu Fernandesh – 2,7 va Lyuk Shou 2,4. U o‘rtacha har o‘yinda kamida bitta foydali kross uzatma muallifiga aylanadi. MYU vingerlarida bu raqam 0,2 ko‘rinishida ekan. So‘ngi 3 mavsumda Sancho 475 marotaba driblingda raqibdan o‘tishga uringan va 254 marotaba buni muvaffaqiyat bilan uddalagan. Ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ham Sancho Bundesliga yetakchisidir. Kutilganidan ko‘proq gol urish borasida mutlaq yetakchi. So‘nggi uch mavsumda xG bo‘yicha kutilmalardan 12 ta ko‘proq gol urgan.

Eng e’tiborlisi Sky sport’ga ishonadigan bo‘lsak Jeydon Sancho so‘nggi 3 masvum top ligalarda stabil bo‘lgan 10 ta eng yuqori ko‘rsatkichli futbolchilar qatoriga kiradi.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 23:17, 01.07.2021.
O'qildi: 6738 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.