Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Diyor Imomxo‘jayev: "Biz avval o‘zimizni, keyin butun bir futbolni o‘zgartirishimiz lozim"

Diyor Imomxo‘jayev: "Biz avval o‘zimizni, keyin butun bir futbolni o‘zgartirishimiz lozim"

Baho:
+ | -

O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod sifatida ko‘rilayotgan murabbiy Xans-YUrgen Gede haqida to‘xtalib o‘tdi.

"O‘zbekiston termasiga yangi ustoz masalasida qator xabarlar chiqib turibdi. Rostini aytganda, birortasiga ishonayotganim yo‘q. Mavzu aktualligidan kelib chiqib, OAV o‘zi bilganicha va aniqlik kirita olganicha xabarlar e’lon qilishi normal holat.

Xans-YUrgen Gede nomzodi haqida ham xabar o‘qib qoldim. Germaniyalik mutaxassis 2003-2004 yillarda bizda ishlagan. Bizdan keyin Eron, Bahrayn, Malayziya, Ozarbayjon, Myanma, Liviya, Vyetnam kabi davlatlarda faoliyat olib bordi. Shuning o‘ziyoq unga nisbatan fikr shakllantira oladi — sayohatchi murabbiy, Marko Polodan ilhomlansa kerak.

Gede davrida O‘zbekiston Osiyo chempionatida ishtirok etgan va chorak finalda Bahraynga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan. O‘sha uchrashuvlarni yaxshi eslayman. O‘zbekiston guruhda 9 ochko jamg‘argan va darvoza dahlsizligini saqlab qolgan. Ammo bu himoya dahshat degani emasdi. Chunki raqiblar Iroq, Turkmaniston va Saudiyaning eng past ko‘rsatkichli avlodi bo‘lgan. Bahrayn bu himoyani qanday yorib o‘tish mumkinligini chorak finalda ko‘rsatgan va bizga 2 ta gol urgan. Qo‘shimchasiga, guruh bosqichidagi o‘yinlarda bizdagi hujumkorlik emas, alohida futbolchilarning individual mahorati ko‘p narsani hal qilgandi. Qosimov ikki marta jarimasi sabab bizni durangdan qutqarib qolgan, Geynrix ham ikki marta o‘z uslubida jamoaga yordam bergan, tamom.

Biz bitta xatoni 2-3 martalab takrorlaganimiz uchun ham muvaffaqiyatsizlik yo‘lidan chiqyapmiz. Biz o‘z xatolarimizdan xulosa qilishimiz va faqat oldinga intilishimiz kerak. Baxtni o‘sha 2004 yillardan izlash to‘g‘ri ish emas. Va albatta bir jihatga e’tiborli bo‘lishimiz shart, murabbiy o‘zgaravergani bilan ko‘p narsa yutmaymiz. Biz avval o‘zimizni, keyin butun bir futbolni o‘zgartirishimiz lozim". deydi Imomxo‘jayev o‘z telegram kanalida.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 14:10, 02.07.2021.
O'qildi: 3505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик