Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Angliya futboli uchun tarixiy kun.

Angliya futboli uchun tarixiy kun.

Baho:
+ | -

Garet Sautgeyt shogirdlari Angliyani tarixda ilk bor Yevropa chempionati finaliga olib chiqishdi. O‘yin shiddatli o‘tgan bo‘lsa ham unda jamoalar oddiyroq usullardan foydalanishdi, ammo xavfli vaziyatlar birinchi yarim finaldan kam bo‘lmadi. Birinchi bo‘lib aynan Daniya hisobni ochgani o‘yinning ssenariysini yanada qiziqarli tus olishiga sabab bo‘ldi. Agar inglizlar birinchi bo‘lib gol urganda bu yog‘iga pragmatik o‘yin guvohiga aylanar edik katta ehtimol.

Sterlingning penaltisiga keladigan bo‘lsak, penalti belgilash uchun hakamda asos bor edi, chamamda. Rahim hakamlarning penalti belgilashi haqidagi qarorlarni yoddan biladigan futbolchi va u yiqilishdan oldin raqib bilan kontaktga bordi. Sekinlashtirilgan kadrda vaziyat jiddiy emasdek ko‘rinishi mumkin. Ammo real holatda bu kontakt yiqilish uchun yetarli bo‘ldi. Keynning zarbasidan so‘ng Kasperning seyvi u penaltilar seriyasiga qanchalik tayyorligini ham ko‘rsatib turgandi. Ammo penaltilar seriyasigacha yetib bora olmadik. Angliya penalti evaziga yutgan bo‘lsa ham, bahsda raqibidan kuchliroq bo‘lganini tan olish kerak.

Ammo mana bunday penalti evaziga finalga chiqish hatto angliyaliklarni ham qanoatlantirmagani aniq. Finalda bunday vaziyat tufayli g‘olib nomiga oydinlik kiritilmaydi deb umid qilamiz.

11-iyul kuni "Uembli"da Angliya - Italiya bahsida Yevropa chempionini aniqlaymiz.

 

Hasan Turdialiyev

Manba: https://t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 04:00, 08.07.2021.
O'qildi: 2938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик