Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

“Navbahor”da yangi legionerlar ko‘rikdan o‘tishmoqda

“Navbahor”da yangi legionerlar ko‘rikdan o‘tishmoqda

Baho:
+ | -

"Navbahor"ning 11 iyul kuni “Markaziy” o‘yingohning zaxira maydonida o‘tkazilgan mashg‘ulotida 3 nafar yangi legioner yakka tartibda shug‘ullanishdi.

Mazkur xorijlik futbolchilarning ikki nafari Serbiya, bir nafari esa braziliyalik.

Ular haqida batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, serbiyalik himoyachi Boyan Siger 1994 yil, 18 iyunda Serbiyaning Maydanpek shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Serbiyaning “Injiya” (Injiya, 2017-2018 yillar), Chernogoriyaning “Sutyeska Nikshich” (Nikshich, 2018 - 2020 yillar) jamoalarida o‘ynagan. O‘tgan mavsumdan buyon Serbiyaning “Rad” (Belgrad) jamoasida o‘ynayotgandi.

Serbiyalik hujumchi Jelko Dimitrov 1994 yilning 19 fevralida Serbiyaning Pirot shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Serbiyaning OFK (Belgrad, 2015-2016 yillar), “Dinamo Vrane” (Vrane, 2018-2019 yillar) Islandiyaning “Fyardaviggd” (2016-2017 yillar) jamoalarida to‘p tepgan. O‘tgan mavsumdan buyon Serbiyaning “Injiya” (Injiya) jamoasida o‘ynayotgandi.

Braziliyalik himoyachi Portela De Akvino Saulo 1998 yil, 12 fevralda tug‘ilgan. Faoliyati davomida Braziliyaning “Atletiko Mineyro” (2018-2019 yillar), “Verdes Mares” (2019 yil), “Uniao Mogi” (2019 yil), Nepalning “Frends” (2020 yil) jamoalarida o‘ynagan. U joriy yildan boshlab, Gruziyaning “Chixura” (Sachxere)  jamoasida o‘ynayotgandi.

Mazkur legionerlar “Navbahor”da ko‘rikdan o‘tish uchun kelishgan. Ulardan qaysinisi jamoa murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirsa, o‘sha futbolchi bilan shartnoma imzolanadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:30, 12.07.2021.
O'qildi: 6231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.