Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Yevro-2020 yevrolari: Kim qancha ishlab topdi?

Yevro-2020 yevrolari: Kim qancha ishlab topdi?

Baho:
+ | -

Yevropa chempionati maydondagi o‘ta qiziq voqealar bilan futboldagi boshqa turnirlardan ajralib turishi bilan birga ishtirokchilar ishlab topadigan mablag‘lar bilan ham keskin farqlanadi. Avvalboshdan Yevro-2020 sovrin jamg‘armasi 371 million yevro etib belgilangandi. Pandemiya bois rejalar o‘zgarib, raqam – 331 million yevroga tushdi.

Demak:

TURNIRNING FINAL BOSCHIGA CHIQQAN HAR BIR TERMA JAMOA (24 TA) 9,25 MLN. YEVRO ISHLAB OLGANDI.

GURUH BOSQICHIDAGI HAR BIR G‘ALABA 1 MLN. YEVRO, HAR BIR DURANG ESA 0,5 MLN. YEVRO KELTIRARDI NATIJA SOHIBIGA.

PLEY-OFFGA YO‘LLANMA – 1,5 MLN.

CHORAKFINAL – 2,5 MLN.

YARIMFINAL – 4 MLN.

FINALCHI – 5 MLN.

G‘OLIB ESA – 8 MLN.

Italiya terma jamoasi “mukammal g‘azna” sohibiga aylandi. Ya’ni barcha o‘yinda g‘alaba va yakunda jami – 28,5 mln. yevro sovrin pullari. Agar pandemiya bo‘lmaganida bu raqam – 34 mln. bo‘lardi. Solishtirish uchun 2018 yilda o‘tkazilgan mundial g‘olibi Fransiya turnirda 34,5 mln yevro ishlab topgan. Endi Kopa Amerika-2021 turniridagi bunday raqamlarga qaralsa solishtirib bo‘lmaydigan ko‘rinish namoyon bo‘ladi. U yerda umumiy sovrin jamg‘armasi Birgina Italiyaning ishlab topgan mablag‘idan ko‘ra kamroq - 22 mln. yevro!

UYEFA sovrin pullarini federasiyalarga o‘tkazadi. Keyin milliy federasiyalar taqsimotni ichki tartib va istak asosida amalga oshirishadi.

Tashkilotning o‘z daromadiga kelsak, albatta aniq sonlarni aytish imkonsiz, biroq "Forbes" nashriga ko‘ra, UYEFA Yevro-2020dan 2,5 mlrd. yevro foyda bilan chiqadi. 1992 yil bilan taqqoslansa raqamlar 50 baravar oshganini ko‘rish mumkin. Tabiiyki bu ko‘rsatkichdan tashkiliy harajat qismi ayirib tashlanadi. Lekin shunda ham sof foyda 1 mlrd. yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: @tolipouz
Kiritildi: 19:33, 13.07.2021.
O'qildi: 5223 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.