Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Real» Varanning narxini pasaytirdi

«Real» Varanning narxini pasaytirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Varan bo‘yicha muzokaralarda «Manchester Yunayted»ga yon bosdi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib «Goal» nashri xabar bermoqda.

Oldinroq, «qaymoqranglilar» «Manchester Yunayted»ning futbolchi uchun taklifini rad qilishdi va Angliya klubidan 70 million yevroga yaqin pul so‘rashdi. Biroq, hozirgi kunga qadar tomonlar muzokaralarda muvaffaqiyaga erisha olmadi. Bu avvalo, futbolchining o‘zi pozisiyasiga bog‘liq. Fransiyalik futbolchi «qirollik klubi» bilan shartnomasini uzaytirmaydi va kelasi yozda Madridni erkin agent bo‘lib tark etishi mumkin. «Real» esa uni tekinga qo‘yib yuborishni xohlamayapti. Shu sababli., joriy transferlar oynasida fransuz futbolchisini sotib yubormoqchi.

Endi «Real» va «Manchester Yunayted» Varan borasida bitim tuzishga yaqin turibdi.
Yangi kelishuv bo‘yicha, «mankunianliklar» futbolchi uchun 45-55 million yevro atrofida to‘laydi.

Kiritildi: 09:41, 26.07.2021.
O'qildi: 6282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик