Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Futbol tarixidagi ilk sharh qachon va qanday amalga oshirilgan?

Futbol tarixidagi ilk sharh qachon va qanday amalga oshirilgan?

Baho:
+ | -

1872 yilning 30 noyabr kuni  dunyo tarixida ilk bor rasmiy futbol uchrashuvi o‘tkazilgan va bu zamonaviy professional futbolning ibtido nuqtasi hisoblanadi. Hammasi shundan boshlangan. Oradagi 149 yillik tarix mobaynida asta-sekinlik bilan sevimli sportimiz hozirgi ko‘rnishiga kirib, mudom o‘zgarishlar hamda yangiliklarga yuz tutmoqda.

Bugun futbolni hakamlarsiz tasavvur qilishning iloji yo‘q, to‘g‘rimi? Biroq ma’lum muddat (aksar) o‘yinlar hakamsiz ham o‘tkazilgani haqiqat. 1881 yildan boshlabgina referining maydonda o‘yinni nazorat qilib borishi majburiy tus olgan. Bugun shuningdek futbol tranlyasiyalarini sharhsiz tasavvur etish mushkul. Xo‘sh, ilk bor futbol o‘yini qachon translyasiya qilingan va qanday sharhlab borilgan? Bu masala esa biroz tortishuvli...

Gap shundaki, ishonchli manbalar radiotranslyasiya ko‘rinishda o‘tgan ilk sharh Bi-Bi-Si (VVS) radiosi tomonidan 1927 yil “Xayberi”da “Arsenal” – “Sheffild” o‘yinida amalga oshirilgani  haqida yozishsa, ba’zilar bundan bir yil oldinroq Vengriyadagi MTK (Budapesht) – Slaviya (Praga) o‘yini ilk sharh hamrohligida o‘tgan uchrashuv edi deyishadi. Biroq Londonda o‘tgan o‘yin baribir bu jabhada ko‘proq qadrlanadi. Uni sharhlab borgan Teddi Uokelam asli harbiy va professional regbichi bo‘lgan. Uokelamni “sharhlovchilik Gagarini” deyish mumkin edi-yu, lekin Teddi birinchi sharhni olib borganda fazoga ko‘tarilgan ilk inson – Yuriy Alekseevich (1934-1968) hali dunyoga kelmagandi.

Teletranslyasiyalar borasida bahsga o‘rin qolmagan, menimcha. 1938 yil Angliya kubogi finali. Maydonda “Preston Nord End” va “Xaddersfild Taun”. Mana shu bahs tarixga ilk jonli namoyish qilingan o‘yin sifatida kirgan.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 07:00, 27.07.2021.
O'qildi: 6138 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик