Tokio olimpiadasida kanoechilarimiz o‘z ishtiroklarini yakunlashdi. Ayollar o‘rtasida 500 metrga ikkilik musobaqasining yarim finalida Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirovadan iborat juftlik ishtirok etib, finalga chiqa olmagani haqida yozgandik.
Biroz avval B finalida qatnashishdi va marraga uchinchi bo‘lib yetib kelishdi. Demak, ular musobaqani 11-o‘rinda yakunlashdi.