Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Chelsi»ning millionlar sarflangan futbolchilari haqida

«Chelsi»ning millionlar sarflangan futbolchilari haqida

Baho:
+ | -

10. Timoa Bakayoko (40 million funt)

«Chelsi» ushbu futbolchini 2017 yilda «Monako»dan xarid qilgan edi. Bakayoko raqib jarima maydonchasi oldida Konte bilan birga golga hissa qo‘shishi maqsad qilingan. Biroq u kutilgan o‘yinni namoyish eta olmadi. Shuning uchun tez orada klub muxlislari tanqidiga uchradi. U «Chelsi»ning zamonaviy tarixidagi eng omadsiz transferlardan biriga aylandi. Jamoaga qo‘shilgandan atigi bir yil o‘tib esa ijaraga ketishga majbur bo‘ldi va hali ham bu sarsonlikdan qutula olgani yo‘q.

9. Mateo Kovachich (40 million funt)

Dastlab ijara asosida jamoaga kelib qo‘shilgan xorvatiyalik futbolchi 2019 yilda doimiy shartnoma bilan «Stenford Brij»da qoldi. U Frenk Lempardning to‘liq o‘tkazgan mavsumida «Chelsi»ning yil o‘yinchisi deb topildi. Tez orada jamoa muxlislari orasida mashhur bo‘lib ketgan Mateo, o‘zining yuqori darajadagi pressingi bilan yodda qoldi. Uning o‘yinidagi izchillik va barqarorlik so‘nggi uch yilda Kovachich haqidagi taassurotlarni ijobiy hayollar bilan boyitdi. Hozirda «Chelsi» muxlislari uning o‘yinidan mamnun.

8. Ben Chilvell (45 million funt)

Lempardning xohishlaridan biri bo‘lgan Chilvell tarkibdagi Markos Alonso hamda Emerson o‘rniga muqim o‘ynash uchun keltirilgan edi. U jamoaning chap qanot himoyasini ishonchli qilishda juda katta ro‘l o‘ynadi. «Lester» futbolchisi uchun 70 million funt so‘ragan edi, biroq «aristokratlar» u uchun 45 million ajratishdi, xolos. Haqiqatdan uning transferi muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi va mudofaani mustahkamladi. Chilvell jamoaga yetishmayotgan narsani bera oldi. U Tomas Tuxel tarkibidan ham doimiy o‘rin egalladi.

7. Timo Verner (47,5 million funt)

Timoning jamoadagi ilk mavsumini unchalik ham omadli o‘tkazdi deya olmaymiz. Bir tomondan u dastlabki yildayoq, 6 ta gol urgan deyishingiz mumkin, ammo bu Bundesligadagi natijasidan 22 taga kamroq. Ikkinchi tomondan esa uning ijobiy jihati ko‘rinadi: u jamoadagi assist mashinasiga aylandi: 27 ta golda u o‘z xizmatlari bilan yodda qoldi. Verner shubahsiz yaxshi futbolchi, ammo «Chelsi»da o‘z qobiliyatlarini to‘la namoyish etolmayotgan bo‘lishi mumkin.

6. Jorjinyo (50 million funt)

«Napoli» klubidan Maursio Sarri davrida keltirilgan futbolchi Londonda o‘ynashi murakkablikka yuz tutdi. Sarrini yoqtirgan futbolchisiga aylangan Jorjinyo jamoadagi belgilangan vazifasini to‘la ado eta olmadi. U orada asosiy tarkibdan tushib qolgan vaqtlari ham bo‘ldi. Tuxel jamoasida esa YCHL sovrinini yutishda asosiy figuralardan biri bo‘la oldi.

5. Fernando Torres (50 million funt)

Jamoadagi faoliyati boshidanoq darajasidan tushib ketganligi sezilgan Torres asosiy figura sifatida ko‘rilaverdi. 2011 yilning yanvarida «Liverpul»dan 50 million evaziga transfer qilingan hujumchi xarajatga yarasha o‘yin ko‘rsatmaslikda ayblangan edi. U asosiy tarkibda juda qisqa vaqt amaliyot qildi. Shunday bo‘lsada Fernando taslim bo‘lmadi doimo o‘z ustida ishladi. Raqib darvozasiga xavf soluvchi eng muhim goleador bo‘lib qolaverdi. Uning klubdagi bitta qilgan ishi butunlay Londondagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlarini oqlab yubora oldi. Bu YCHL yarim finalida «Barselona»ga urgan goli edi. Bu gol jamoani chempionlik sari yetakladi.

4. Kristian Pulishich (58 million funt)

Eden Azar uchun munosib o‘rinbosar sifatida 2019 yilda «Borussiya Dortmund»dan transfer qilingan yosh hujumchi dastlabki mavsumda bildirilgan umidni oqlay olmadi. U dastlabki APL mavsumini tuganmas jarohatlar bilan o‘tkazdi. Amerikalik futbolchi birinchi karantin cheklovlaridan keyin qayta start olgan mavsumning qolgan qismida porlay boshladi. O‘shanda u 2 oyni Angliyadagi eng yaxshi o‘yinchi sifatida o‘tkazgan edi. Shunday bo‘lsada, uni halihamon jarohatlar qiynamoqda. U to‘la sog‘ayib tarkibga qaytishga urinayapti. Biroq tezda maydonda yo‘qolib qolmoqda.

3. Alvaro Morata (60 million funt)

Antonio Konte xohishi bilan Diyego Kosta o‘rniga olib kelingan ispaniyalik hujumchi o‘zining aqlli o‘yini bilan hammaning nazariga tushgan edi. Aslida «Everton»dan Romelu Lukakuni istayotgan Konte, uni «MYU» ilib ketgach, Moratani Madriddan keltirdi. U dastlabki mavsumining 6 ta o‘yinida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Dekabr oyining o‘zida esa 10 ta golni rasmiylashtiradi. Ammo keyin hammasi o‘zgardi. Mavsumning keyingi qismida jarohatlar olinadi va zahirada qolib ketadi. U o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgandek edi. Shu sabab 18 oylik «Chelsi» safaridan so‘ng, «Atletiko»ga ijaraga berib yuboriladi.

2. Kai Xavertz ( 71 million funt)

Nemis hujumchisi Angliyaga eng murakkab davrda ko‘chdi. APLning yangi yulduzi bo‘lishi kutilayotgan futbolchini oylab davom etgan karantin cheklovlari «bo‘g‘ib qo‘ygandi». U mavsum so‘ngida biroz ochildi. Gollar kiritdi. Ammo APLda kutilgan natijani qayd eta olmadi. Bir narsa, Chempionlar ligasida urilgan yagona goligina uning obro‘sini oshirib yubordi. Muxlislarni nazariga tushgan futbolchidan kelajakda ko‘p narsa umid qilinadi.

1. Kepa Arrizabalaga (71,6 million funt)

Tibua Kurtuaning Madridga jo‘nab ketishi ortidan boshlangan vahimalar sabab 2018 yilda rekord darajadagi summaga Kepa jamoaning yangi darvozaboniga aylandi. Bu tarixdagi eng qimmat darvozabon xaridi edi. Dastlabki mavsumidayoq Sarri qo‘l ostida ishonchli o‘yin ko‘rsatgan posbon, keyingi yilda o‘zgardi. 2019-2020 yilgi mavsumda APLda eng yomon statistikalardan birini qayd etgan ispaniyalik futbolchi, Lepard tomonidan jazolanadi. U tez orada yangi darvozabon Edvard Mendiga almashtirildi. Mendi uni ajoyib o‘yinlari bilan zahira o‘rindig‘iga mixlab qo‘ydi. Bu esa Kepani YCHL finalidagi sharafdan bebahra qoldirdi.

 

Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 12:01, 09.08.2021.
O'qildi: 5008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.