Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Leganes 0-1 Barselona
13/04 15:30 Atalanta 2-0 Bolonya
13/04 16:45 Xorazm 0-1 OKMK
13/04 17:00 Osasuna 2-1 Jirona
13/04 18:00 Fiorentina 0-0 Parma
13/04 18:00 Verona 0-0 Jenoa
13/04 18:00 Paxtakor 2-3 Andijon
13/04 18:00 Vulverhempton 4-2 Tottenhem
13/04 18:00 Chelsi 2-2 Ipsvich
13/04 18:00 Liverpul 2-1 Vest Xem
13/04 19:00 Saudiya Arabistoni 2-2 Yaponiya
13/04 19:15 Alaves 0-1 Real Madrid
13/04 20:15 Nasaf 1-0 Surxon
13/04 20:30 Nyukasl 4-1 Man. Yunayted
13/04 21:00 Komo 1-0 Torino
13/04 21:30 Betis 1-2 Vilyarreal
13/04 22:15 O‘zbekiston 3-1 BAA
13/04 23:45 Lasio 1-1 Roma
14/04 00:00 Atletik Bilbao 3-1 Rayo Valyekano
14/04 19:00 Indoneziya - KXDR
14/04 22:15 Tojikiston - Janubiy Koreya
14/04 23:45 Napoli - Empoli
15/04 00:00 Bornmut - Fulhem
15/04 00:00 Atletiko - Valyadolid
15/04 23:59 Borussiya D - Barselona
15/04 23:59 Aston Villa - PSJ

Messi. Parijdagi hayotning boshlanishi

Messi. Parijdagi hayotning boshlanishi

Baho:
+ | -

Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi vanixoyat «PSJ»ga o‘tishga rozilik bildirdi. U yangi klubida juda katta maosh bilan ta’minlanadi. 34 yoshli sobiq «Barselona» yulduzi jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladi hamda yiliga 50 million funt oladigan bo‘ldi. U bunday hajmdagi mablag‘ bilan dunyodagi eng qimmat poytaxtlardan biri bo‘lgan Parijda surur bilan yashay oladi. 6 karra Oltin to‘p sohibi Kataloniyada allaqachonlar shohona hayot tarziga ko‘nikkan edi. U taxminan 300 million funtlik daromadi bilan doimo eng qimmat restoranlarda tushlik qilib, ekzklyuziv dizaynga ega liboslarni sara butiklardan xarid qilardi. Parijga kelgach esa Messi uni shohonalikka chorlovchi yana bir tadbirga guvoh bo‘ladi. Bu har yili o‘tkaziladigan Parij Moda Haftaligidir. Ushbu haftalikda Neymar hamda boshqa klub yulduzlari doimiy ishtirok etishadi.

Ayni damda Messi Parijning besh yulduzli mehmonxonasi bo‘lgan «Royal Monceau» da istiqomat qilib turibdi. U yer mashhur kishilar, jumladan Robert De Niro, Madonna hamda Kim Kardashianni sevimli maskani sanaladi. Neymar ham Parijga endigina ko‘chib kelgan paytlarida, 2017 yilda aynan mana shu mehmonxonani makon tutgan edi. U yer ham Qatar shayxlari tomonidan egallangan va eng qimmat narxlarda xizmat ko‘rsatadi. Ayrim super lyuks xonalarining haqqi bir kechaga 17 ming funtni tashkil etadi. Bu taxminan 20 ming yevro degani. Shunday bo‘lsa ham Messiga bu muammo emas. U hozirda shaharningo‘ziga qulay sanalgan joyida uy sotib olishga harakat qilmoqda. Bu borada u uchun bir qancha variantlar mavjud. Xususan, Buvival mavzesini olsak. U yer eng boyvachcha shaxslar istiqomat qiladigan joy bo‘lib, braziliyalik yulduz Neymar ham aynan shu yerdan uy sotib olgan edi. Qolaversa, taniqli kinoaktyor, fransuz yulduzi Jerar Departiye ham Rossiyaga ketishidan oldin uzoq yillar mana shu mavzeda yashagan. Yoki yana bir makonni tafsiya qilish mumkin: Parij markazidagi Neule-sur-Senna nomli joy. U yerda argentinalik futbolchi, klubning sobiq futbolchisi Anxel Di Maria yashagan. Ammo u yerda uning mulki o‘g‘rilar tomonidan talon-taroj qilingan edi. Yana bir qancha joylar mavjud bo‘lib, ular klub mashg‘ulot maydoniga yaqin manzilgohlar sanaladi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Messining futbol maydonidan tashqaridagi hayoti o‘ta yuqori darajada o‘tadi. Ya’ni u modaga oshno hamda shopping qilish jon-u dili. Futbolchi ko‘chib kelgan shahar esa, aynan moda hamda brend mahsulotlar markazidir. Zamonaviy bo‘lishni istagan odam uchun u yerda barcha mahsulotlar muhayyo. «Balenciaga», «Gucci», «Dior», «Givenchy», «Hermes» hamda «Chanel» kabi eng ommabop moda ta’minotchilari o‘zining original tovarlari bilan futbolchi didiga mos tushishi aniq. Qolaversa, uning rafiqasi Antonela ham bu borada qiynalmaydi. Chunki Parijda izlagan narsangizni doimo topishga imkon mavjud. 2022 yilning sentabrida Moda Haftaligini yangi qismi tashkil etiladi. Unda Neymar, Mbappe bilan bir qatorda Messi ham ishtirok etishi mumkin. Bu esa shubhasiz tadbirning obro‘sini yanada oshiradi. «PSJ» klubi moda sanoati bilan doimiy hamkorlik qilib keladi. Klub futbolchilari moda reklamasi orqali katta daromad qilishi oddiy holga aylangan. Messi ham klub homiysi bo‘lgan «Lewis», «Air Jordan», «Hugo Boss» kabi kompaniyalarning savdosini yurishishiga katta hissa qo‘shishi aniq. Xullas, yangi klubdagi yangi hayot nomdor futbolchiga yoqishi shubhasiz.


Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.uk
Kiritildi: 10:35, 14.08.2021.
O'qildi: 6092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz