"Chelsi" hujumchisi Mishi Batshuayi ijara asosida faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi allaqachon "Beshiktosh" bilan kelishuvga erishgan.
Turk klubi belgiyalik futbolchining faoliyatidagi "Borussiya Dortmund", "Valensiya" va "Kristal Pelas"dan keyin (ikki marta) ijarada o‘ynagan to‘rtinchi klubi bo‘ladi.
Batshuayi o‘tgan mavsum "Chelsi" safida 20ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar tuzilgan.
Futbolchining bozor qiymati 10 million yevroni tashkil qiladi.