Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Damir Temirovga «qizil kartochka» to‘g‘ri berildimi? Yoki «Metallurg» adolat qaror topishini istaydi

Damir Temirovga «qizil kartochka» to‘g‘ri berildimi? Yoki «Metallurg» adolat qaror topishini istaydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston professional futbol ligasi 2021 yilgi mavsumda o‘yinlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash borasida bir qator sa’yi harakatlarni amalga oshirdi. Xususan, bugungi kunda xalqaro maydonlarda keng foydalanilayotgan  VAR – referining video assistenti O‘zbekiston chempionati hamda Kubogi bahslariga olib kirilganligi katta voqeilik bo‘ldi. Bu bilan futbolimiz mutasaddilari o‘yinlar atrofidagi turli gap so‘zlar, bo‘hton va mish-mishlarga barham berishni maqsad qilgandi. Mavsum boshida bitta VAR mashinasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, endilikda ular soni ikkitaga yetdi. Boshqacha aytganda bitta turda VAR xizmatidan foydalanish hajmi oshdi. Bularning barchasi kishini xursand qiladi. Zero, bundan ko‘zlangan maqsad o‘zbek futbolida noto‘g‘ri qarorlarning oldini olish, xatolarga maksimal darajada barham berishdan iboratdir.

Ammo VARdan to‘g‘ri foydalanayapmizmi? O‘zbekistonda VAR futbolimiz taraqqiyotiga, o‘yinlarning shaffofligiga qanchalik samarali yordam berayapti? Shu kabi savollarga kuni kecha Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tgan “Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvi misolida javob izlab ko‘rsak...

O‘yinda VAR (video referi assistentlari) vaziyatlarga bir necha marta aralashdi. Bosh hakam qarorlarini o‘zgartirishiga, ikkilanishiga sabab bo‘ldi.

Birinchisi va nazarimizda o‘yinning yakuniy natijasiga asosiy ta’sir ko‘rsatgan holat 15-daqiqada sodir bo‘ldi. Maydonning chap qanotida “Metallurg” yarim himoyachisi to‘pni sherigiga yetkazib berish maqsadida oyog‘ini uzatib tashlandi. U birinchi bo‘lib to‘pga ulgurdi. Vaziyat videotasvirda yaqqol ko‘ringan. Bu orada to‘pga kechikib kelgan Lutfullo To‘rayev oyog‘ini sirpanib kelayotgan Damir Temirovning oyog‘i to‘g‘risiga qo‘yayapti va to‘qnashuvdan futbolchilarning qochishi amri mahol edi. O‘yinchilarning ikkalasi ham xohlamagan tarzda bu holat yuz berdi. Uchrashuv bosh hakami Zokir Qodirov ikkilanib o‘tirmasdan jarima zarbasini belgiladi. Maydonga hatto shifokor ham tushgani yo‘q. Lutfullo To‘rayev o‘rnidan turib, o‘zi jarima zarbasini amalga oshirish taraddudiga tushdi. Aynan shu lahzada vaziyatga VAR aralashdi. Zokir Qodirovni monitor qarshisiga chorlab, unga holatni “sinchiklab” o‘rganishni tavsiya etishdi. VARdagilar qanday fikrlar berganligi tomoshabinga albatta qorong‘uligicha qoldi. Bosh hakam esa bir muddat holatni o‘rganib bo‘lganidan keyin maydonga qaytdi va... Damir Temirovning yoniga kelib cho‘ntagidan qizil kartochka chiqardi.

Juda qiziqda? Bu holat bo‘yicha Damir Temirovni oqlash niyatimiz yo‘q. Ammo vaziyat qizil u yoqda tursin, sariqqa ham tortarmidi, deb o‘ylanib qoldik. Ataylab, qasddan qilinmagan holat, o‘yin vaziyati bo‘lsa... qolaversa,  “qaldirg‘ochlar” tomonidan jiddiy e’tiroz ham tug‘ilmadi. Jabrlanuvchi Lutfullo To‘rayev o‘rnidan o‘zi turdi va zarba berishga o‘zi tayyorlanayotgandi. VARning aralashuvi, tan olish kerak, yaxshi kechayotgan o‘yinni “buzib qo‘ydi”. “Metallurg” 75 daqiqa maydonda kamchilik bo‘lib o‘ynashga “mahkum etildi”.

Xuddi shu kabi holat Coca Cola Superligasi 7-turida “Metallurg” – “So‘g‘diyona” uchrashuvida ham kuzatilgandi. Jizzaxliklar himoyachisi Iskandar Shoyqulov maydon markazida mezbonlar vingeri Shahzodbek G‘ofurbekovning oyog‘iga ochiqchasiga tashlandi. Xavfli kontakt bo‘ldi. Futbolchi jarohat olishi mumkin edi. Bosh hakam Firdavs Norsafarov darhol cho‘ntagidan sariq kartochka chiqarib, jizzaxliklar himoyachisini ogohlantirdi. Qaroriga biroz shubhalangan Norsafarov keyin monitor yoniga ham borib keldi. Biroq qarorida qoldi – sariq kartochka.

Xuddi o‘sha uchrashuvdan yana bir holat. Maydon markazida yana to‘qnashuv. Bu safar Shahzodbek Nurmatovning oyog‘iga Ayubxon No‘’monov zarba berayapti. Firdavs Norsafarov “So‘g‘diyona”ning bu o‘yinchisiga ham sariq kartochka ko‘rsatayapti. Qolaversa, u VARdagi hakamlarga vaziyat bo‘yicha qaror qabul qilganligini va uni o‘zgartirish niyatida emasligini ta’kidlamoqda. Bizni qiziqtirayotgani deyarli bir xil holatlarda turlicha talqin va xilma xil qarorlar qabul qilinayotganligi. Olmaliqdagi uchrashuvda yuz bergan holatdan xavflirog‘ida futbolchilar ogohlantirilmoqda.

“Bunyodkor” bilan o‘yinda esa ataylab – qasddan qilinmagan, sirpanish natijasida yuz bergan holatda o‘yinchi maydondan chetlatilayapti. Ustiga ustak o‘yinning boshida – 15-daqiqasida. Mehmon jamoa 75 daqiqa maydonda kamchilik bo‘lib harakat qilishga “mahkum etilyapti”.

Biz O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hakamlar uyushmasidan, “Sport” telekanalidagi “Referi taym” dasturidan mazkur holatni yana bir bor jiddiy o‘rganib chiqishlarini so‘rab qolardik. Uchrashuv natijasini albatta o‘zgartirib bo‘lmaydi. Biroq futbolchiga noto‘g‘ri ko‘rsatilgan jazoni o‘zgartirish, yengillashtirish mumkin.

Ikki kun muqaddam Rossiya premyer ligasida yuz bergan holatni bunga misol qilib keltirish mumkin. “Axmat” posboni Georgi Sheliyaga “Rubin” bilan o‘yinda VARning aralashuvi tufayli sariq kartochka qizilga aylangan va darvozabon maydondan chetlatilgandi. Rossiya futbol uyushmasi bu holatni turdan keyin qayta ko‘rib chiqdi va futbolchiga qizil kartochka nohaq berilganligini tan oldi va Sheliyaning keyingi turda “Dinamo”ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam berishini ta’minladi. Bizda ham O‘FA adolatni tiklashiga umid qilamiz.

"Metallurg" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:10, 14.08.2021.
O'qildi: 3016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.