Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Respublikamizdagi tajribali boks murabbiylari bilan yig‘ilish tashkil etildi

Respublikamizdagi tajribali boks murabbiylari bilan yig‘ilish tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kecha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida yurtimizda faoliyat olib borayotgan boks murabbiylari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. 

Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov, O‘zbekiston boks federasiyasi mutasaddilari, terma jamoa murabbiylari va boks mutaxassislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida Tokio Olimpiadasida qayd etilgan natijalar tahlil qilindi, yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.

So‘zga chiqqan tajribali mutaxassislar takliflarini, fikrlarini bildirishdi. Tajribali murabbiylar yuzaga keladigan muammolar, kamchiliklar haqida gapirishdi, mamlakatimizda musobaqalar tashkil etishni ko‘paytirish taklif etildi.

"Bir necha kun oldin o‘tkazilgan uchrashuvda Muhtaram yurtboshimiz tomonidan vazifalab belgilab berildi. Tokio Olimpiadasi biz uchun juda katta tajriba bo‘ldi. Sportda mayda narsaning o‘zi yo‘q - tibbiyot va psixologiya ham bunday vaqtlarda katta ahamiyatga ega. Biz sport orqali yurtimizga sog‘lom avlodni yetkazib berishimiz kerak. Barchaga rahmat aytmoqchiman", - dedi MOQ raisi yig‘ilish davomida.

Saken Polatov esa mutaxassislar fikri uchun federasiya eshigi doim ochiq ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

"Biz uchun sizning fikrlaringiz juda muhim. Federasiyamiz eshigi siz uchun doimo ochiq. Biz federasiyada jamoatchilik va murabbiylar kengashi shakllantiramiz. Maqsad yo‘lida jipslashib ishlashimiz lozim. Fursatdan foydalanib, bir jamoada hamfikr bo‘lib faoliyat olib borayotgan murabbiylarimizga rahmat aytmoqchiman", - dedi Saken Polatov.

Shundan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonov tashkil etiladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari haqida fikrlarini bildirdi. Rahmatjon Ro‘zioxunov esa hududlarda faoliyat olib borayotgan murabbiylar bilan yaqindan hamkor sifatida ishlash lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Manba: Ўзбекистон бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 10:04, 17.08.2021.
O'qildi: 1413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.