Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

"Ortiq chidab tura olmayman" yoxud Ronaldu barcha mish-mishlarga munosabat bildirdi

"Ortiq chidab tura olmayman" yoxud Ronaldu barcha mish-mishlarga munosabat bildirdi

Baho:
+2 | -

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi va "Real"ga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Kamroq gapirish va ko‘proq harakat qilish mening faoliyatim boshidan buyon shiorim bo‘lib kelgan. Biroq, yaqinda aytilgan va yozilgan hamma narsani hisobga olgan holda, o‘z pozisiyamni bildirishim kerak.

Shaxs va o‘yinchi sifatida menga nisbatan hurmatsizlik qilayotganlar, kelajagim haqidagi ommaviy axborot vositalaridagi mish-mishlar menga va bunga aloqador bo‘lgan barcha klublarga, ularning futbolchilari va xodimlariga nisbatan hurmatsizlik bo‘lmoqda.

Mening "Real"dagi hikoyam raqamlarda, kubok va unvonlarda yozilgan. Bu "Bernabeu" stadionidagi muzeyda va klubning har bir muxlisining ongida.

Men erishgan yutuqlarimdan tashqari, to‘qqiz yil mobaynida muxlislarga mehr va hurmat bilan munosabatda bo‘lganman, ularni men hozirgacha asrayman. Bilaman, "Real Madrid"ning haqiqiy muxlislari ham meni yuragida saqlaydilar.

Meni turli ligalardagi bir qancha klublar bilan bog‘laydigan yangiliklar tez-tez chiqmoqda va hech kim haqiqatni aniqlashtirishni istamayapti.
Men jim tura olmayman, odamlar mening ismim bilan o‘ynashishiga boshqa chiday olmayman.
Men o‘z karyeram va ishimga e’tiborimni o‘z klubimga qarataman va men duch keladigan barcha qiyinchiliklarga tayyorman.
Qolganlarning hammasi? Qolganlarning hammasi shunchaki gap ”, - deb yozdi Ronaldu
Instagramda.

 

Kiritildi: 15:22, 18.08.2021.
O'qildi: 6873 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.