Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Viktor Jalilov: «Tarkibimizga qo‘shilganlar ishonchimizni oqlashmadi»

Viktor Jalilov: «Tarkibimizga qo‘shilganlar ishonchimizni oqlashmadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Bunyodkor" va "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab "lochinlar" bosh murabbiyi Viktor Jalilov qatnashib, o‘yin haqidagi fikrlarini bildiradi.

"Hozirda hamma o‘yinlar og‘ir kechmoqda. Birinchi bo‘limda "Bunyodkor" yaxshi o‘ynadi, ikkinchi bo‘limda esa "Navbahor" yaxshi o‘ynadi, menimcha. Ikkinchi bo‘limda amalga oshirilgan o‘zgarishlar o‘yinimizni raqib maydoniga ko‘chirdi, natijada bo‘lim davomida ustunlikka erishdik. Vaziyatlar yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik, birgina gol barchasini hal qildi. "Bunyodkor"ni haqli g‘alaba bilan tabriklayman.

Albatta, tahlil qilamiz, birinchi bo‘limni yomon o‘tkazganimiz sabablarini o‘rganamiz. Ayrim futbolchilarga faollik yetishmadi, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Chuqur tahlil qilishimiz kerak. Futbol shunaqa, birgina gol hammasini hal qiladi.

Avvalgi uchrashuvlarda ham aytgandim, hujumda muammomiz bor edi. Tarkibimizga qo‘shilganlarning o‘yinni kuchaytirishiga umid qilgandik. Umuman, hujumchilar muammosi ko‘pchilikda bor. Kamsonli klublargina hujumdagi faolligi bilan maqtanishi mumkin. Afsuski, tarkibimizga qo‘shilganlar ishonchimizni oqlashmadi.

Bizga ham jamoaning bunday holatga tushib qolgani yoqmayapti. Mashg‘ulotlarda ayrim futbolchilar o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishadi, o‘yinlarda esa aksincha bo‘lmoqda. Bugun ham ikkinchi bo‘limda bir nechta vaziyatlar yaratdik, lekin qayerdadir mahorat, qayerdadir omad yetishmayapti. Futbolchilarimiz qulay vaziyatga chiqib borib ham darvoza tomon zarba berishmayotgani ularga mahorat yetishmasligidan darak. Albatta, bu bizning muammomiz. Qolaversa, "Bunyodkor" ham tartibli himoyalandi, aynan shuning evaziga natijani saqlab qolishni uddalashdi", - deya fikrlarini yakunladi Viktor Romanovich.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:02, 20.08.2021.
O'qildi: 2571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик