Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Bundesligada amalga oshirilgan eng yaxshi transferlar

Bundesligada amalga oshirilgan eng yaxshi transferlar

Baho:
+ | -

Bu yilgi yozgi transferlar oynasida top-5 chempionatlarda anchagina katta transferlar guvohi bo‘ldik. Bundesligada ham bir qator katta transferlar amalga oshdi. Ayni damda shu transferlar oynasida Germaniya klublari tomonidan amalga oshirilgan eng katta transferlarga to‘htalib o‘tamiz.

Dayo Upamekano ("Bavariya")

Sobiq "Leypsig" klubi himoyachisi Dayo Upamekano o‘z murabbiyi ortidan "Bavariya" klubiga borib qo‘shildi. Myunxen klubi bu yozda Alabani yo‘qotdi va unga nazdimda yaxshi o‘rinbosar olib kela oldi. Fransiyalik futbolchi "Bavariya"ga 42.5 million yevro evaziga kelib qo‘shildi. Uning asl transfer narxi esa 60 million yevroni tashkil etadi. U yangi klubi safida 2-raqamda harakat qiladigan bo‘ldi.

Andre Silva ("Leypsig")

O‘tgan mavsum "Ayntraxt" safida o‘ta sermahsul o‘yin o‘tkazgan Andre Silva, Bundesligada to‘purarlar safida 2-o‘rinni egalladi. 25 ta gol urgan Andre Xolanddan ham ko‘proq gol urdi va bu mavsum sobiq klubidan biroz kuchliroq klub safiga yo‘l oldi. Transfer summasi 45 million yevroni tashkil etadigan futbolchi "buqalar" safiga 23 million yevro evaziga kelib qo‘shildi. Umuman olib qaraganda, bu "Leypsig" uchun yaxshi transfer bo‘ldi. Silva yosh va iqtidorli futbolchi hisoblanadi.

Doniell Malen ("Borussiya Dortmund")

"Borussiya Dortmund" 

"Borussiya Dortmund" klubi Sanchoni yaqinda "Manchester Yunayted"ga qo‘yib yubordi. Shuningdek, Xoland ham katta ehtimol keyingi mavsumda klubni tark etadi. Bunday vaziyatda klub ularning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar bilan shartnoma imzolashi lozim. Yozgi transferlar oynasida klub"PSV" va Niderlandiya terma jamoasida muvaffaqiyatli o‘ynab kelayotgan Malenni o‘z safiga qo‘shib oldi. Ushbu transfer evaziga dortmundliklar Niderlandiya klubiga 30 million yevro to‘lab berdi. Nazdimda, bu transfer ham "asalarilar" uchun omadli keladi. Xuddi, avvalgilari kabi.

Gregor Kobel (Borussiya Dortmund)

"Shtutgart" klubida yaxshi ikki mavsum o‘tkazgan Kobel, oxir-oqibat shu chempionatning kuchliroq klubi safiga kelib qo‘shildi. U yangi jamoasida asosiy darvozabon bo‘lmaydi. Sababi, Roman Byurki "asalarilar"ning ancha mavsumlardan buyon asosiy darvozaboni hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, bu darvozabonning kelajagi porloq. 

Kiritildi: 16:17, 21.08.2021.
O'qildi: 2611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.