Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

APL. 2-turning markaziy uchrashuvi yoxud London derbisi (prevyu)

APL. 2-turning markaziy uchrashuvi yoxud London derbisi (prevyu)

Baho:
+ | -

APL doirasidagi 2-tur markaziy uchrashuvi «Arsenal» va «Chelsi» klublari o‘rtasida kechadi.

Mazkur bahs oldidan o‘yinga aloqador qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Bilasizmi?

«Arsenal» 2004 yil fevral oyidan beri ilk bor ketma-ket 3 chempionat o‘yinida «Chelsi» ustidan zafar quchishi mumkin.

«To‘pchilar» yakshanba kuni o‘tkazilgan «Chelsi»ga qarshi oxirgi 10 APL o‘yinida g‘alaba qozona olishmagan (2 durang, 8 mag‘lubiyat). So‘nggi bor «qizillar» aynan shu hafta kunida 2008 yilning noyabr oyida o‘tkazilgan "Stemford Bridj"dagi bellashuvda uch ochkoni qo‘lga kiritishgan edi — 2:1.

O‘z navbatida «aristokratlar» «Emireyts»da o‘tkazilgan oxirgi 4 Premyer-Liga uchrashuvining barchasida g‘alaba qozonishgan. Jamoa 2005 yilning boshidan 2006 yilning boshiga qadar 1 yil davomida «Arsenal» bilan 5 marotaba kuch sinashgan va hammasida g‘alaba qozonishni uddasidan chiqishgan edi. O‘sha davrda «Chelsi»ni hozirda «Roma» va Eldor Shomurodovning ustoziga aylangan Joze Mourinyo boshqarar edi.

«Chelsi» darvozaboni Eduar Mendi yanvar oyida klub boshqaruviga kelganidan beri Premyer-Ligada barcha darvozabondan ko‘p quruq o‘yin (10) o‘tkazgan.


Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Pol Tirni

Qanot hakamlari: Konstantin Hatzidakis, Nil Devis

Zaxira hakami: Devid Kyut

VAR: Kris Kavenag

VAR yordamchisi: Shon Messi-Ellis.

Taxminiy tarkiblar

Arsenal — Leno, Soaresh, Uayt, Holding, Mari, Tirni, Jaka, Lokonga, Saka, Rou, Pepe

Chelsi — Mendi, Aspilikueta, Chaloba, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Jorjinyo, Kante, Haverts, Maunt, Lukaku

Yo‘qotishlar

Arsenal safida jarohati bois maydonga tusha olmaydigan futbolchilar uchta: Tomas Parti, Eddi Nketiya, Gabriyel Magalyayesh. Obameyang va Edegor uchrashuvga tayyor emas bo‘lsa, Runarsson, Lyakazett hamda Villian boshqa sabablarga ko‘ra mazkur o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.

Hakim Ziyesh jarohatini davolash bilan band. Loftus-CHik (ma’lum emas) va Kristian Pulishich (koronavirus) esa boshqa sababga ko‘ra «Chelsi»ga bugungi o‘yinda yordam bera olishmaydi.


Raqamlar

«Arsenal»ning «Chelsi»ga qarshi oxirgi 4 uy uchrashuvida barcha musobaqalarda 2,5 va undan ortiq gol kiritilmoqda.

Premyer-Liga doirasidagi «Chelsi»ning oxirgi 3 o‘yinida ham o‘rtacha har bir bahsda 2,5 va undan ko‘p gol urilgan.

Jamoalarning oxirgi o‘zaro uchrashuvi joriy yilning 12 may kuni "Stemford Bridj" o‘yingohida o‘tkazilgan va unda «to‘pchilar» g‘alaba (1:0) qozonishgan.

Mazkur ikki London klublari o‘zaro 58 bor to‘qnash kelishgan. 22 marotaba «Arsenal» g‘alaba qozongan, 19 bor «Chelsi» zafar quchgan va 17 uchrashuvda murosa yo‘li tanlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Chelsi» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan bugun soat 20:30 da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:08, 22.08.2021.
O'qildi: 2892 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик