Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini yanada kuchaytirish mavzusida onlayn yig‘ilish o‘tkazildi

Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini yanada kuchaytirish mavzusida onlayn yig‘ilish o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov boshchiligida Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini yanada kuchaytirish mavzusida onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, sport turlari bo‘yicha federasiya va assosiasiyalarning mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Rustam Shoabdurahmonov kuchli zaxira sportchilarini tayyorlash masalasining qanchalik dolzarb ekanini ta’kidlab, bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha mutasaddilarning fikrini o‘rgandi. Yig‘ilish davomida tennis, regbi, gandbol va bir qator federasiyalar rahbariyati mazkur mavzu yuzasidan o‘z takliflarini bildirib o‘tishdi.

13 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasini qabul qilar ekan, Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik bo‘yicha bir qator vazifalarni belgilab berdi. Ular orasida jamoaviy sport turlarida ham Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yildi.

Qayd etish joiz, sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida jamoaviy yo‘nalishlarga ajratilgan kvotalar kam. Yig‘ilish davomida shu va boshqa masalalar, jumladan, Olimpiya zaxiralari kolleji, Jismoniy tarbiya va sport universitetida jamoaviy yo‘nalishlardagi kvotalar sonini ko‘paytirish taklifi, sportchilarni qabul qilish va ularni o‘qitish tizimi, milliy chempionatlarda raqobatbardosh kuchli klublarni ko‘paytirish kabi yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan jamoalarni shakllantirib borish masalasi ham kunning dolzarb mavzularidan bo‘ldi. Tadbir yakunida MOQ rahbari kun tartibidagi masalalar yuzasidan federasiyalarning takliflari ko‘rib chiqilishini ta’kidlab o‘tdi.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 15:51, 24.08.2021.
O'qildi: 1510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик