Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Ronaldu yoki Risharlison? “Mbappe mashmashasi” davom etadi

Ronaldu yoki Risharlison? “Mbappe mashmashasi” davom etadi

Baho:
+ | -

Bir hafta oldin, biz kelgusi yozda «PSJ» Messi, Ronaldu va Neymarni bir jamoada to‘plashi mumkin, degan tahminlar yangradi. Shu bilan birga, «Marca» nashrining yozishicha, parijliklar xo‘jayini Nosir Al-Xelayfi kelasi yili futbolchi tekinga ketishi mumkinligiga qaramay, Mbappeni hozir sotmaslikka qat’iy qaror qilgan. Ammo yangi hafta Ispaniya va Fransiyada kutilmagan yangiliklar bilan boshlandi.

«RMC Sport» ma’lumotlariga ko‘ra, parijliklar Mbappega 5+1 ko‘rinishidagi maoshi sezilarli darajada yuqori bo‘lgan shartnomataklif qilgan. Biroq bu miqdor Messi va Neymarning maoshidan kam. Kilian klubning sport direktori Leonardoga, yana bir bor taklifni rad etishini aytgan.

Buyog‘iga «PSJ» Mbappni olib qolish va uni 31 avgustga qadar sotmaslikka kafolat berolmaydi. Zero, parijliklar kelasi yozda tekinga futbolchisini yo‘qotishi mumkin. Lekin klub oldida yana bitta taklif bor. Ajablanarlisi shundaki, bu «Real Madrid» emas, balki Premyer liganing nomi ochiqlanmagan klubidir.

Agar Mbappe shu yozda jamoadan ketadigan bo‘lsa, “B” reja tayyorlab qo‘yilgan. Klub «Everton»dan Risharlisonni sotib olishga urinib qo‘rmoqchi. Braziliyalik futbolchi Neymar bilan yaxshi munosabatda. Bu holatda transfer imkoniyati oshadi.

Ispaniyaning eng yirik nashrlari hisoblangan «Marca» va «AS» tasdiqlaganidek: Mbappe «PSJ»ni 31 avgustgacha bo‘lgan muddatda tark etadi. Asosiy xaridor – «Real». «Marca»ning dastlabki muqovasi Mbappening rasmi bilan bosib chiqarildi.

Nashrning yozishicha, parijliklar rahbariyati Qatardan ruxsat olishlari kerak edi. Bu amalda qabul qilingandek taassurot uyg‘onmoqda. Avvalroq, Mbappeni sotish bo‘yicha yakuniy qarorni Qatar amiri Tamim bin Hamad Al-Taniy qabul qilishi haqida xabar berilgan edi.

Kilianning ketishi Krishtianu Ronalduning Parijga ko‘chib o‘tishini tezlashtiradi, deb taxmin qilinmoqda. Keyingi yil yozda portugaliyalik «PSJ»ga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin edi, ammo Mbappe sotib yuborilsa, parijliklar Krishtianu uchun ham ma’lum miqdorda pul to‘lashga tayyor bo‘ladi. Shunday bo‘lgan taqdirda, Messi, Ronaldu va Neymar 2022 yilgi Jahon chempionatiga qalar bir klubda o‘ynashlari kafolatlanadi.

Qo‘shimchasiga «Yuventus» Krish bilan xayrlashishga tayyor, garchi ular buni ochiqchasiga aytmasa ham. A Seriyaning birinchi turida Ronaldu «Udineze»ga qarshi o‘yinni zaxirada boshladi. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, bu yoz oxirigacha klubni tark etishga umid qilayotgan Krishtianuning shaxsiy talabi. To‘g‘ri, keyinchalik turinliklar bu ma’lumotni inkor etishdi va ushbu masala faqat mavsum boshida uning sport formasi yomon holatda bo‘lganini aytishdi.

Italiyada Ronalduning «PSJ»ga o‘tishi hozircha noma’lum. «La Gazetta dello Sport» xabariga ko‘ra, portugaliyalik «Manchester Yunayted»da o‘ynagan bo‘lishiga qaramay, «Man Siti» unga qiziqish bildirgan. Biroq, Gvardiola uchun Xarri Keyndan keyingi ikkinchi variant bo‘lishi mumkin.

Lionel Messining transferi futbol olamida katta o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Mbappening «Real»ga o‘tishi haqida gap-so‘zlar avval ham bo‘lgan. Biroq futbolchi Messi jamoaga kelgach, shartnoma imzolashdan bosh tortdi. Kilianning bu «qilig‘i»ni mensimaslik, deb baholasangiz adashasiz. U soyada qolmoqchi emas. Buyuk futbolchi bo‘lish uchun o‘z sayyorasiga shoshilmoqda!

Kiritildi: 22:54, 24.08.2021.
O'qildi: 8472 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.